Get Mystery Box with random crypto!

Dream

Telegram kanalining logotibi opinion_dream — Dream D
Telegram kanalining logotibi opinion_dream — Dream
Kanal manzili: @opinion_dream
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34
Kanalning ta’rifi

© 21.12.2019

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-12-13 06:13:56 Қадимги ривоятлардан бирида хотини билан ноилож ажрашишга мажбур бўлган эрдан хотинининг айбини сўрашганда: "Бировнинг айбини сўраб нима қиласизлар? Агар мен у билан қайта ярашиб кетсам, ўз хотинимнинг айбини бировларга фош қилган бўламан, ярашмасам, бегона бир аёлнинг айбини фош қилган бўламан. У ҳам, бу ҳам одобдан эмас", деган экан.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф, Бахтиёр оила асаридан.
52 viewsMuhammadUmar, 03:13
Ochish/sharhlash
2022-11-18 15:03:04 Muhammad

1:25
89 viewsMuhammad Umar, 12:03
Ochish/sharhlash
2022-09-20 07:47:00 Oisha roziyallohu anho rivoyat qiladilar:

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Ey Oisha rifqli bo‘l, chunki  Alloh taolo biror xonadon ahliga yaxshilikni istasa, ularni «rifq»ga yo‘llab qo‘yadi», dedilar.

(Imom Ahmad rivoyati)

Izoh: Rifq — so‘z va amalda muloyimlik hamda xushmuomalalik, shirinso‘zlik va ochiqyuzlilikdir.
156 viewsMuhammad Umar, 04:47
Ochish/sharhlash
2022-09-10 03:10:07 Sen- o'zingdek bo'l.
Seni ichingdagi mayda zarralaringgacha xafa qilib, ranjitganlarga qarshi xuddi ulardek muomalada bo'lma. Ularga bunday imkoniyatni berma. Nafrat ham bir tuyg'udir - uni hammaga ham sarflama! Arzimas insonlar uchun, hatto nafrat tuyg'uyingni ham zoe ketkazma.
Senga qilinganlarni unut, demayman. Zotan buning imkoni yo'q. Bor-yo'g'i o'zingni unutgandek ko'rsat va kechir. Bu seni pastga urmaydi, aksincha, yuksakka chiqaradi. Chunki sen, senga dardi va pushaymonliklari bilan kelgan insonni kechirib yuboradigan darajada bag'rikeng va muruvvatlisan! Chunki sen ular kabi emassan. Chunki sen hamma qatori emassan. Chunki sen sensan va sening ulardan eng katta farqing shunda!
172 viewsMuhammad Umar, 00:10
Ochish/sharhlash
2022-09-09 22:02:01
Yo Robbim! Bandaligim haqqi, mendan g'azabingni ko'tarmog'ingni so'rayman! O’zimdan hamma da'volarni tashlab, har qanday hol va quvvatni kechib va qudrating mehrobiga xorlik kiyimini kiyib, mana men keldim!

Bandang ekanman, meni hargiz zoe qilmaysan! Rububiyatingga bosh ekkan va Jalolingga tiz cho'kkan bandangni hech qachon zoe qilmaysan!

Axir Rahim Mavlosi huzuridagi qul qanday zoe bo'lsin?! Yana U Mavlo rahmlilarning rahmlisi bo'lsa!

Mustafo Mahmud,
"Gunoh va poklik" kitobidan
141 viewsMuhammad Umar, 19:02
Ochish/sharhlash
2022-09-02 11:27:44 #Qalb_kechinmalari
Qora tun pardalari uzra,qorong'u kechada yolg'iz o'zim xayol suraman,xayolimda mingta o'y,do'stlik,sadoqat,jon kuydurish bir biri uchun.
Hammasi o'tkinchi bir jahonda dardlaringiz hech kimni qiziqtirmaydi,hamma o'z manfaati uchun qo'ldan kelgan ishni qiladi.
Siz yozgan do'stlik asaringiz badiiy to'qima bo'lib qolaveradi. Kezi kelsa, hamma sizni yolg'iz tashlab ketadi.O’z manfaati uchun yoningizda sizni dardkashingizday ko'rinishadi, asli maqsadlari o'zlarini dardlarini sizga aytib yengil tortish,sizni dardlaringiz ularni qiziqtirmaydi,kimni ko'nglini o'ylasangiz,shuncha ko'nglingizdan qolib boradi,haqiqiy do'stman deganlar ham,vaqti-soati kelsa sizdan yuz o'giradi,bu olamda mening dardlarim bilan hech kimni ishi yo'q.
Shu xayollar og'ushida yuragim ezilib shuni bildimki,taffakkur qilib shuni angladimki,shu narsani endi tushunib yetdimki-Bu dunyoda ham,u dunyoda ham biz uchun qayg'uradigan rasulimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamdan boshqa do'stimiz, qayg'uruvchimiz yo'q ekan...
97 viewsMuhammad Umar, 08:27
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:53:01 Bu dunyo shunaqa, sabr dunyosidir. Odam alayhissalom sabr etdi, ne yetgan jafolarga. Shuncha uzoq umr ko'rdi-yu, armonlari ushalmadi. Dunyo o'sha, qoidalar o'sha . Hech ne o'zgarmadi. Faqat sen o'zgar, najot o'sha. Haqiqatni tan ol va uzun orzular ila o'zni aldama. Vaqtni boy berasan. Avval amal, keyin javob. Bu dunyo va u dunyo haqiqati-shu!
Tamom!!!
84 viewsMuhammad Umar, 03:53
Ochish/sharhlash
2022-08-27 02:46:27 Sukutimiz – roziligimizni anglatmaydi.
Sabrimiz – zaifligimizni anglatmaydi.
Tabassumimiz – qabul etganimizni bildirmaydi.
Talabimiz – muhtojligimizni anglatmaydi.
Ko'rinmasligimiz – beparvoligimizni bildirmaydi.
Ehtiyotimiz – xavf, qo'rquvimizni anglatmaydi.
So'rashimiz – johilligimizdan emas.
Xato qilishimiz - ahmoqligimizdan emas.
Iltifotimiz – ojizligimizdan emas.
Balki bularning bari cho'qqi, marraga yetib olishimiz yo'lidagi ko'priklardir xolos.
106 viewsMuhammad Umar, 23:46
Ochish/sharhlash