Get Mystery Box with random crypto!

Sen- o'zingdek bo'l. Seni ichingdagi mayda zarralaringgacha x | Dream

Sen- o'zingdek bo'l.
Seni ichingdagi mayda zarralaringgacha xafa qilib, ranjitganlarga qarshi xuddi ulardek muomalada bo'lma. Ularga bunday imkoniyatni berma. Nafrat ham bir tuyg'udir - uni hammaga ham sarflama! Arzimas insonlar uchun, hatto nafrat tuyg'uyingni ham zoe ketkazma.
Senga qilinganlarni unut, demayman. Zotan buning imkoni yo'q. Bor-yo'g'i o'zingni unutgandek ko'rsat va kechir. Bu seni pastga urmaydi, aksincha, yuksakka chiqaradi. Chunki sen, senga dardi va pushaymonliklari bilan kelgan insonni kechirib yuboradigan darajada bag'rikeng va muruvvatlisan! Chunki sen ular kabi emassan. Chunki sen hamma qatori emassan. Chunki sen sensan va sening ulardan eng katta farqing shunda!