Get Mystery Box with random crypto!

OnlineEdu.uz

Telegram kanalining logotibi onlineedu_uz — OnlineEdu.uz O
Telegram kanalining logotibi onlineedu_uz — OnlineEdu.uz
Kanal manzili: @onlineedu_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 308

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2023-02-02 19:39:09
Joriy o’quv yilidan maktabning 9- va 11-sinfini tugatgan bitiruvchilarga shahodatnomalar elektron shaklda beriladi.

Bu esa ta’lim sohasidagi qog‘ozbozlik, ortiqcha xarajat va ovoragarchiliklarni oldini olishga qaratilgan navbatdagi qadam.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayanch o‘rta ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma, psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar elektron tarzda o‘zbek va ingliz tillarida shakllantiriladi.

Mazkur tartib o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomaga ega bitiruvchilarning yurtimizdagi hamda xalqaro bitim imzolagan davlatlar hududidagi kollej, texnikum va oliy ta’lim tashkilotlariga kirish uchun hujjatlarni topshirish huquqini beradi. Elektron shahodatnomani olishda va OTMga topshirishda ortiqcha ovoragarchiliklarning yo'qligi esa o'z navbatida bitiruvchilar va ularning ota-onalariga ham qulaylik yaratadi.

Elektron shahodatnomalar bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Buning uchun bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatidagi tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Eng ahamiyatlisi, shahodatnomalar yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, bitiruvchilarga dublikat shahodatnoma berilmaydi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan o‘zi istagan vaqtda bepul qayta yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ta'limni raqamlashtirish borasidagi ishlarni davom ettiradi.
171 views16:39
Ochish/sharhlash
2023-02-02 17:51:24 «Oblono» va «Rayono»larni tugatishdan ko‘ra uni saqlab qolish ehtimoli yuqori

Hududiy xalq ta’limi boshqarma va bo‘linmalari tugatilishi haqida ancha vaqtdan buyon gapirib kelinadi. Hususan, prezident 2022-yilning 29- dekabrida ta’lim sifatini oshirish va yangi avlod darsliklarini joriy etishga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi nutqida «Rayono» va «oblono»larni yo‘q qilishni istayotgani haqida gapirgandi.

Ammo ko‘pchilik, hususan ta’lim bo‘yicha ekspertlar ham "Rayono" va "Oblono"larni tugatish emas balki, ularning funksiyalarini qayta ko‘rib chiqish kerak degan fikrda.

Katta ehtimol bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham hududiy xalq ta’limi boshqarma va bo‘linmalarini tugatish niyatida emas. Bunga sabab qilib esa ikkita vazirlikning birlashtirib yuborilganligi va bir vaqtning o‘zida maktab hamda bog‘chalarni nazorat qilib turishda kelib chiqishi kutilayotgan ayrim muammolarni ko‘rsatish mumkin.

Fikrimizcha, «Oblono» va «Rayono» tuzilmasi hamda shtat birliklarida bir qancha o‘zgarishlar bo‘ladi. Lekin, butkul tugatib yuborilmaydi. Boshqaruv lavozimidagi xodimlar soni keskin qisqaradi. XTB larning ta’lim muassasalarini boshqarishdagi vakolatlari kamaytiriladi.

Ya’ni, ular maktablarni faqat nazorat qiladi va muammolarni bartaraf qilish yuzasidan uslubiy ko‘makchiga aylantiriladi. Shuningdek, ayrimlarning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlariga qarashli ta’mirlash-ekspluatasiya bo‘limlari mahalliy hokimliklar bo‘ysinuviga o‘tkazilishi mumkin.

Xalq ta'limi Info

@onlineedu_uz
130 viewsedited  14:51
Ochish/sharhlash