Get Mystery Box with random crypto!

Munisim onam,otam panohim Har ikkisi mening yurak ardogim Nuri | Она хақида шеър

Munisim onam,otam panohim
Har ikkisi mening yurak ardogim
Nuridiydam mening ko'zim qarog'im
Uyimiz yoritgan nurli oftobim.

Munisim onam ,otam panohim
Onam bog'imdagi gul-u rayhonim
Otam suyanganim,mehr bulogim
Yurakdagi dard-u,nolayu ohim.

Munisim onam ,otam panohim
Qiblagohim ka'bam ,siz sajdagohim.
Jannatim onajon,otam himmatim,
Tomirda qonimsiz,tandagi jonim.

Munisim onam,otam panohim
Siz orzularga kon tubsiz tilagim.
Dunyoda yagona yolg'iz keragim
Siz mening qalbimsiz-mitti yuragim

Qarzim kopdir mening ota-onamdan
Kulgusiga kechgum mingta jonimdan
Munisim onamdir ,otam-panohim,
Sizlarga berayin ming bitta jonim.

Poyingiz ostida qum -tuproq bo'lay
Duoyingiz olib baxtlardan kulay.

@BuMeniingOnam