Get Mystery Box with random crypto!

28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati | Olmaliq matbuoti

28-aprel - Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni munosabati bilan Neft mahsulotlari ta'minoti boshqarmasida tadbir tashkil etildi. Tadbirda sohada amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas'ullarning hisobotlari tinglandi.

Shuningdek, tadbir davomida Transport xizmati bo‘limi xodimlari o‘rtasida o‘rtasida "Eng tartibli haydovchi" kasb mahorati tanlovi ham tashkil etildi.

Tanlovda ishtirokchilar xavfli yukning tashish qoidalari hamda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasiga oid shablonlarni yechishdi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, g‘oliblikni xavfsizlik texnikasi bo‘limi mexanigi T.Mamatov qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni esa “Kamaz” rusumli avtomashina haydovchisi U.Tajiboyev egalladi. MAN rusumli avtomashina haydovchisi M.Akkulov esa uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi.

G‘oliblar hamda sohaning bir guruh faol vakillari OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

@Olmaliq_matbuoti