Olimjon Haydarov bilan suhbatlashib uning yaxshi niyatli inson ekanligiga ishonch hosil qilganman. Olimjonning sudi adolatli o‘tishi kerak. Nima uchun? Chunki Olimjon va u singari insonlar ishonch deb nomlangan murakkab qadriyatni tamsil etadilar. Unga adolatsizlik qilinishi bugun davlat uchun o‘ta muhim bo‘lgan - ishonchdan - mahrum etadi. Ishonchning o‘rni esa kuch ishlatar tizimlar tarmog‘ini kengaytirish orqali qoplanadi. Bu esa vaziyatni yanada chigallashtiradi. Olimjonga adolat qilinishi kerak. @Hamid_Sodiq 23.0K views07:01