Get Mystery Box with random crypto!

Listening ko'nikmasini oshirish usullari Eng avvalo, shuni | Odilov Kundaligi

Listening ko'nikmasini oshirish usullari

Eng avvalo, shuni aytib o'tish kerakki, har qanday sohada boshlang'ich, elementar hisoblangan ko'nikmalarni o'zlashtirib olish unchalik ham katta qiyinchiliklarni tug'dirmaydi. Ammo, qat'iyatli bo'lib biron nimani puxta o'rganish esa albatta mashaqqatli. IELTS borasida ham pre-intermediate darajadagi o'quvchi bemalol 40 ta savoldan 20 tasini to'g'ri topa olar, ammo buni oshirish uchun ancha ter to'kishi kerak bo'ladi albatta.

Ho'sh, listening ni oshirish uchun aynan nimalar qilish kerak?

Fikrimcha, turli xil usullar birgalikda qo'llanilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Quyida ba'zilarini keltirib o'tamiz:

Doim... Har doim listening testlarini ishlaganingizda noto'g'ri javoblarinigizni erinmay analiz qilib chiqing

Turli xil mavzularga oid ma'ruzalarni subtitrlari bilan ko'rishni odat tusiga aylantiring

Listening tasmasini tinglab, uni diktant sifatida yozishga urinib ko'ring

Eng asosiy e'tiborga olinishi kerak bo'lgan jihat shuki, 'KO'R-KO'RONA' listening dan narida bo'lish kerak. Doimo listening larda uchragan YANGI SO'Z VA IBORALARNI qayd qilib, so'z boylikni oshirib borish kerak!


t.me/odilovkundaligi