Get Mystery Box with random crypto!

Odilov Kundaligi

Telegram kanalining logotibi odilovkundaligi — Odilov Kundaligi O
Telegram kanalining logotibi odilovkundaligi — Odilov Kundaligi
Kanal manzili: @odilovkundaligi
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 92
Kanalning ta’rifi

Life is Dilema ....
True - False - Not Given
Owner :

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-04-14 18:25:01 ​Oxirgi ko'rgan ujas janridagi koreys filmlarini ko'rsam syujet bir xil bir zombi sog'lom odamni tishlab oladi va u ham biroz vaqtdan keyin zombiga aylanib boshqalarni tishlashni boshlaydi . Agar shu logikani to'g'ri deb olsam ba'zi tanishlarimni qo'y tishlab olganmikin deb o'ylayman .

@odilovkundaligi
744 views15:25
Ochish/sharhlash
2022-04-06 09:17:40 ​​​​Hamma narsa uchun motivatsiya qidiradigan bo'lib qoldik. Til o'rganishni boshlash uchun motivatsiya, sport bilan shugʻullanish uchun motivatsiya, biznes boshlash uchun motivatsiya, yaxshi yashash uchun motivatsiya, yoki hammasining boshi : ketimizni divandan ko'tarish uchun ham biror motivatsiya olishimiz kerak.

Motivatsiya va hattoki unga qo'shib bilim va ko'nikmani taklif qilayotgan, aniqrog'i shunga da'vo qilayotgan har xil qalloblarning, info lo'lilarning biznes treninglari, loyihalari, seminarlari ham, ularga ergashuvchilar ham bemaza qovunning urug'iday ko'payib ketdi. Qayoqqa qarama nimadir sohada yetakchi, spiker, psevdopsixolog... Lox birinchi paydo bo'lganmi yoki mashennikmi desa, bemalol lox deyish mumkin, chunki ko'pincha taklif talabga qarab paydo bo'ladi.

Bunaqa kitoblarni, bloglarni shunchaki bir ma'lumot o'rnida o'qib ko'rsak bir navi, lekin ularga ishonsak va o'rganib qolsak oxiri borib boshi berk ko'chaga kirib qolamiz. Shu tipdagi ma'ruzalarning mag'zini tashkil qiladigan jumlalar, "har kuni oynaga qarab men baxtliman deb ayting", "sizning ichingizda bitmas - tuganmas energiya bor ", "siz barini uddalaysiz", "boshqalarga o'xshamang, siz tanlangansiz" kabilar yolg'on.
Siz tanlangansiz, boshqalardan farqlisiz deydiganlar quloqqa lag'mon osyapti, hozir o'sha boshqalar ham sizga o'xshamasligini, tanlanganligini o'qib turgan bo'lishi mumkin.

Har doim yaxshi kayfiyatda yurish ilojsiz narsa, har bir tuyg'uning kayfiyatning o'z o'rni bor. O'rni kelsa yig'lashimiz, siqilishimiz kerak. Barcha ishni uddalab ham bo'lmaydi. Energiyangiz ham bitmas - tuganmas emas. Bu dunyo baxtlar-dardlar, quvonchlar - qayg'ular, uchrashuvlar-ayriliqlar, g'alabalar - mag'lubiyatlar dunyosi. Ba'zida yengilishimiz, taqdirga tan berishimiz, xotirjam qabul qilishimiz kerak bo'lgan vaziyatlar bo'ladi.

Optimistik ruhdagi narsalardan ko'ra pissimistik xarakterdagi adabiyotlar hayotni yaxshilaydi. Chunki unda osmonlarda uchib yurmasdan oldinda nima kutib turganini bilasiz, eshik ortida jarlik borligini oldindan bilgan odam uni ko'rib shokka tushib qolmaydi, shunga tayyor edi u, yo boshqa yo'lini qidiradi, yo xotirjam qabul qiladi.

Pozitiv, motivatsion narsalarni o'qiyotganingizda xuddi u sizni o'zgartirayotganday, kuchingiz ichingizga sig'may ketayotganday , hayotingiz yaxshilanib qolayotganday tuyuladi. Lekin bu vaqtinchalik illuziya. Tayyor xulosa hech narsa bermaydi hech qachon. Insonni voqealar, sinovlar, o'zi chiqargan xulosalar, anglagan narsalari harakatga keltiradi.

"Biz kutgandik, biz bilgandik" chi qiz Nozim Safari bilan suhbatida bir gap aytgandi : "men gapirar ekanman, odamlar qarsak chalardi, jo'shib ketardi, demak to'g'ri gapirayotgan ekanman deb yana davom etardim". Sizga motivatsiya beradigan kitoblar, insonlar bilan ham munosabatingiz shunday, o'sha lahzada hammasi yaxshiday, hammasi zo'rday avjiga chiqasiz, aslida tagi puch bo'ladi.

Xullas, motivatsiyalarga ishonib yuradigan odamlar bir kun qiyinchilik oldida butunlay sinib qoladilar. Nimanidir eplolmaganlaridan keyin qayta tiklolmaydilar o'zlarini. Inson o'zining imkoniyatlarini, bu hayotdagi jirkanchliklarni, mazmunsizlikni, absurdni anglashi kerak. Chunki hayotda shunday vaziyatlar bo'ladiki, odamni u paytda falsafiy fikrlar emas, instinklar boshqaradi. Hayot uchun xavfli vaziyatlarda o'sha vaziyatdan ko'ra ichingizdagi qo'rquv bilan ko'proq olishasiz. Shunaqa vaziyatlar, qo'rquvlar ko'pligini bilsangiz uni yengishingiz, ma'lum muddat peshonaga yozilganni xotirjam qabul qilish mumkin. Donishmand Sizif kabi. O'ziga berilgan jazoni oddiy qabul qilish orqali jazoning jazolik mohiyatini yo'qqa chiqaradi. Biz doim pozitiv kayfiyatda yurishimiz, nimalarnidir o'rganishimiz, nimalarnidir qoyillatishimiz, dunyoni ostin - ustun qilishimiz, o'zimizni tanitishimiz shart emas. Tashqi turtkilarga emas, ichki dunyoyingizga boqing, ruhan xotirjamlashing. Qolgani bir gap bo'lar. Hamma narsaga kuyib - pishma ko'nglim , na bu dardlar qoladi, na bu umr , deydi Rumiy.

Salimov

@odilovkundaligi
307 views06:17
Ochish/sharhlash
2022-04-01 07:43:35
Haligi psixolog opa manundaqa erkaklar xaqida gapirgandi nmo'sa . Agar shunaqa bo'lsez opoyni so'ko'ring bemalol .

@odilovkundaligi
291 views04:43
Ochish/sharhlash
2022-03-26 08:14:38 Tuyg'ular haqida qisqacha :/

Kimdir sani qaysidur jihating (chiroying, puling, kasbing yoki qachondur bergan yordaming) uchun sevib qolsa xoziroq orani ochiq qil. Chunki bugun sani sevilishingga sabab bo'lgan jihat vaqt o'tgach boshqa insonda sandanxam kuchliroq bo'lishi mumkin. Ummuman sevgi shunaqa xudbinlik. Sani ummuman sevmasayam xurmat qiladigan insonni top. Bitta sms yoki otgan gapinga ilingan qiz sandan boshqasigayam tezda o'rganib ketarkan. Notanishlarga o'ta begonadek sir boy bermaydigan o'ziga o'ta mahkam va jiddiyroq xullas jilovlanmasini top. Chunki sani arzimagan jihatingga so'lagi oqib ketadigan qizni sandan ancha yaxshiroqlar chalg'itib qo'yadi keyinchalik. Eng muhimi qadariga bitgani uchun o'zini asraganni oxtar brat. Bu gaplar uylanishdek jar yoqasida turgan bradlarga bo'ydoq bratishkasidan maslaxat. Agar unaqa xolatda bo'lmaseng darsingni qil yoki Ishga yo'qal .

@odilovkundaligi
688 views05:14
Ochish/sharhlash
2022-03-23 19:18:04
- Qachonki kitoblarni yuklayotsam !
- Va ularni o'qiyotganimda .

Mendakalar ko'pmi ?

@odilovkundaligi
597 views16:18
Ochish/sharhlash
2022-03-19 10:14:05 Til o'rganish ...
Nimadan boshlamoq kerak? (Bu axborotlar nodonlar uchun emas!)
Eng avvalo sizda oʻzingizga til oʻrganish borasida kuchli layoqat boʻlishi kerak. Shunchaki xohish, istak - bu hali hech narsa emas. Ruxsatingiz bilan, til oʻrganishga boʻlgan kuchli ishtiyoq borasidagi oʻz qarashlarimni bayon etsam.
Ishtiyoqqa hech qanday majburiylik boʻlmaydi. U hozir urf boʻlganidek, telefon quloqchinini taqib, diktorning hissiz ovoziga joʻr boʻlib, koʻr-koʻrona til aylantirish emas. Chet tilidagi kinofilmlarni tarjimasiz koʻrishga urinib, miyangizni zoʻriqtirishingiz ham til oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqingizdan darak bermaydi. Mashgʻulot (repetitor) mobaynida soat millariga hasratli nigoh tashlashingiz esa sizning bu yerda ortiqcha ekanligingiz belgisidir. Mashg'ulot tugagani sababli yengil tin olayotgan boʻlsangiz, sizga bitta doʻstona maslahatim, bu dunyoda shundoq ham chegaralab berilgan vaqtingizni ishtiyoqlaringizni olovlantiruvchi va naf keltiruvchi boshqa ishlarga sarflaganingiz maʼqul.
Ishtiyoq - bu til oʻrganishni chin yurakdan sevishingiz va jon-jahdingiz bilan unga intilishingizdir. Agar shunday boʻlmasa, bu mashgʻulotni oʻz vaqtida toʻxtaganingiz yaxshi.
Men takrorlashdan charchamayman, sizga hatto eng zoʻr professor ham xorijiy tilni oʻzingizga oʻrgatganingizday oʻrgata olmaydi. Mabodo siz zamonaviy jihozlangan til oʻrgatish markazlarigina mushkulimni oson qila oladi, desangiz yanglishasiz. Siz ishtiyoqsiz odam boʻlsangiz, kurslarga kelasiz va qulay oʻrindiqlarga oʻrnashib olib, quyidagicha oʻy bilan kuta boshlaysiz: «Qani, menga falon tilni oʻrgatinglarchi! Sarflagan pulimga achinmasligim uchun nimalar qila olasizlar?»
Modomiki, siz tilni menga kimdir oʻrgatib qoʻyadi, degan fikrdan xalos boʻlmas ekansiz, hatto oʻz ona tilingizni ham toʻliq oʻrgana olmaysiz.
Hayotda nimagadir erishishning yana bir sharti esa oʻzingizni noshud deb hisoblashga barham berishdir. Chunki siz hech ham noshud emassiz. Faqat «men buni uddalay olmayman» degan nooʻrin fikr ich-etingizni kemirib yotibdi. Bu esa ichingizdagi sizga qarshi ishlaydigan tizimdir. Atrofga eʼtibor bering. Til oʻrgatish kurslaridagi sheriklaringiz soni tobora ortib bormoqda? Demak, tizim qandayur oz bo'lsa ham ishlayapti. Siz esa taslim boʻlmang!
Koʻnikishimizga toʻgʻri keladi. Bizda maxsus oʻqish usullarini oʻrgatuvchi darslar va darsliklar yoʻq. Hamma koʻzlagan niyatiga oʻzicha, oʻz bilganini qilib, bir amallab erishadi. Siz ham oʻz imkoniyatlaringizga tayaning. Mehnat va faqat mehnat bilangina hamma narsaga erishish mumkin.

@odilovkundaligi
2.1K views07:14
Ochish/sharhlash
2022-03-17 19:45:16 ​​Siz ongsizligingizni ongga aylantirmaguningizcha, u hayotingizni boshqaradi va siz uni taqdir deb nomlaysiz.
- Karl Gustav Yung

@odilovkundaligi
236 views16:45
Ochish/sharhlash
2022-03-14 22:25:06 Harbiy harakatlar doimiy yuz berib turadigan Isroilda yashaydigan, asli rossiyalik Mark Novikov urush payti axborot makonida oddiy odam oʻzini qanday tutishi haqida oʻz tavsiyalarini bermoqda:

Raqamli gigiyena. Voqea joyidan yuborilayotgan roliklarni, portlash va hujumlar, harbiy harakatlar videolarini tomosha qilishni yigʻishtiring. Bunday videolarda hech qanaqa axborot yoʻq, shunchaki asabingizni tamom qilgani qoladi, xolos.

Mabodo judayam xohlasangiz yoki kasb taqozosi yoxud boshqa sabab voqealarni real rejimda kuzatishingiz kerak boʻlsa, oʻzingiz ishonadigan, ammo matn shaklda yozadigan avtorlarni kuzating.

Sizni dahshatga solgan, ammo unda emotsiyadan tashqari boshqa axborot boʻlmagan kontentni yaqinlaringizga, doʻstlaringizga yuborib, ularning asabini ham yemang. Siz uchun maʼqul koʻringan kontent boshqalarga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Internetda siyosiy qarashlaringizga qarama-qarshi taraf, ayniqsa, Putin tarafdorlari bilan bahslashishdan tiyiling. Siz ularni biror narsaga ishontirolmaysiz, ammo koʻp kuch va asabingiz ketgani, kayfiyatingiz buzilgani qoladi. Kayfiyat sizning kerakli resursingiz. Iloji boʻlsa, ular bilan ijtimoiy tarmoqlardagi aloqalarni toʻxtatish kerak.

Agar sharoit koʻtarsa, telefoningizda yangiliklar kanallari va saytlarning bildirishnomalarini oʻchirib qoʻying, dam olish kunlari umuman oʻzingizni yangiliklardan cheklang, axborot-detoks eʼlon qiling.

Yaxshilik qiling, odamlarga yordam bering, har qanday xayriya yordami odamga ichki xotirjamlik baxsh etadi, qalbini tinchlantiradi, hayotga mazmun bagʻishlaydi.

Ishlayotganingizda yoki uy ishlarini qilayotganda fonda axborotlarni kuzatib borish yaxshi emas. Hozir nima qilayotgan boʻlsangiz, shunga koʻproq diqqatni qarating. Choy ichyapsizmi — choy iching, chalgʻimang.

Kundalik hayotingizni tartibga soling, kundalik ishlaringizni iloji boricha, yozma ravishda rejalashtirib oling. Qatʼiy rejada ijtimoiy tarmoqlar uchun maʼlum vaqt ajrating, shunda har doim lentaga qarayvermaysiz.

Va oxirgisi — eng muhimi, oila aʼzolaringizga, yaqinlaringizga koʻproq vaqt ajrating. Bu juda muhim.

@odilovkundaligi
842 views19:25
Ochish/sharhlash
2022-03-13 06:51:06 Vatan qayerda ?
"Puerto-Riko" lik do'stim bilan suxbatdan . Vatan bu nisbiy tushuncha . San tasodifan tug'ilib qolgan geolokastik chegaralangan hududingni vatanim deya bir umr illuziyatsion patriotizmda o'lib ketishga majbur emassan . Ha tog'ri daraxt bir joyda ko'karadi lekin san odamsanku . Ta'lim tizimi chirigan , tibbiyoti apteka biznesiga qul bo'lgan , osmondan baland narxdagi mashinalarini sotish uchun navqiron xalqini rusga mardikor tayyorlab beruvchi , oliy ta'limi oliy ma'lumotli soqolsiz , va chiroyli formada yurishni o'rgatishdan boshqa ishi yo'q bo'lgan va yana minglab tushunarsizliklari bo'lgan "Puerto-Riko" da yashab o'tib ketishga majbur emassan do'stim . Oilang va yaqinlarim deya bilgan kishilaring bilan qayerda baxtli , tinch , sog'lom va mexnatingga yarasha xaq olib yashasang o'sha yer vatan . Gazini bos bratishka !

@odilovkundaligi
707 views03:51
Ochish/sharhlash
2022-01-13 13:15:14 Agar menga biror narsa yoqmasa, demak, menga u shunchaki yoqmaydi. Nima uchun men ko'pchilikka yoqadigan yoki ular buni yoqadi deb o'ylagani uchungina menga shu narsa yoqadiganday ko'rsatishim kerak o'zimni? Men bu narsa hozir urf bo'lgani uchungina sevishim yoki seva olmasligim mumkin emas!

"Martin Iden" | Jek London

√ t.me/odilovkundaligi
922 views10:15
Ochish/sharhlash