Yana ikkita oliygoh akademik va moliyaviy mustaqil boʻladi
Yig'ilish davomida sohada
kadrlar tayyorlash tizimini oʻzgartirish vazifalari ham belgilandi.
Bunda
Toshkent va Samarqand arxitektura-qurilish institutlari faoliyati transformatsiya qilinadi, ularga
akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Endi:
-
Samarqand davlat arxitektura va qurilish instituti urbanizatsiya, arxitektura, dizayn, madaniy meros obyektini tiklash;
-
Toshkentdagi institut muhandislik, arxitektura, qurilish va qurilish materiallari texnologiyalari, raqamli qurilish yoʻnalishlariga ixtisoslashadi.
Talabalar
yetakchi loyiha-qidiruv institutlari va qurilish klasterlariga biriktiriladi.
Shuningdek, ushbu ikki oliygohda 1-sentabrdan
xalqaro taʼlim dasturlari asosida oʻqitishni yoʻlga qoʻyishga koʻrsatma berildi.
Bizni kuzating: @eduuz