Get Mystery Box with random crypto!

«Insonning o'ziga bergan va'dasi boshqa va'dalardan ustun bo'l | Shahriyor Nyutonov | Blog

«Insonning o'ziga bergan va'dasi boshqa va'dalardan ustun bo'lishi kerak!»

Xabaringiz bor, 26-mart — shanba kuni «Yuksalish» liderlar akademiyasi asoschisi Muhammadali Eshonqulov bilan master-klass bo'lib o'tgan edi.

Mehmonimiz suhbatni «O'zimga doim «Muhammadali, sen meni qayerga olib ketyapsan?», degan savolni berib boraman», deya boshladi. Muloqot inson doim nafsi bilan hisob-kitob qilib turishi kerakligi, komfort zonadan chiqishning ahamiyati va bunda nafs bilan sulh tuzish kabi mavzularni qamrab oldi.

Samimiy tarzda bo'lib o'tgan suhbatda «Najot Ta'lim» o'quvchilari o'z shaxsiy fikrlarini bildirib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bugun 2-aprel soat 14:30 da suhbat premyerasini YouTube sahifamiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Havola:



Ma'muriyatga bog'lanish

+998712001123