Get Mystery Box with random crypto!

Shahriyor Nyutonov | Blog

Telegram kanalining logotibi nyutonov_dev — Shahriyor Nyutonov | Blog S
Telegram kanalining logotibi nyutonov_dev — Shahriyor Nyutonov | Blog
Kanal manzili: @nyutonov_dev
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 25
Kanalning ta’rifi

Assalomu alaykum!
Shaxsiy blogimda o'z fikrlarim qiziqarli ma'lumotlar, dasturlash haqida yangiliklar va o'z loyihalarimni ulashib boraman😉
Savol va takliflar uchun: @Al_oq_a_bot

Ratings & Reviews

5.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-04-02 13:58:38 «Insonning o'ziga bergan va'dasi boshqa va'dalardan ustun bo'lishi kerak!»

Xabaringiz bor, 26-mart — shanba kuni «Yuksalish» liderlar akademiyasi asoschisi Muhammadali Eshonqulov bilan master-klass bo'lib o'tgan edi.

Mehmonimiz suhbatni «O'zimga doim «Muhammadali, sen meni qayerga olib ketyapsan?», degan savolni berib boraman», deya boshladi. Muloqot inson doim nafsi bilan hisob-kitob qilib turishi kerakligi, komfort zonadan chiqishning ahamiyati va bunda nafs bilan sulh tuzish kabi mavzularni qamrab oldi.

Samimiy tarzda bo'lib o'tgan suhbatda «Najot Ta'lim» o'quvchilari o'z shaxsiy fikrlarini bildirib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Bugun 2-aprel soat 14:30 da suhbat premyerasini YouTube sahifamiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Havola:



Ma'muriyatga bog'lanish

+998712001123
90 views10:58
Ochish/sharhlash
2022-03-26 19:57:50
Men yuborgan kodlarni qanday qilib ishlatishni videosi
107 views16:57
Ochish/sharhlash
2022-03-26 19:18:26 Dasturni ishlashi deyarli shunday bo'ladi
91 views16:18
Ochish/sharhlash
2022-03-26 19:15:38 Bu tepadagi e'lon qilgan dasturni kodi

Quyidag kodni nusxalab manashu sayt orqali ishlatib ko'rishingiz mumkin
84 viewsedited  16:15
Ochish/sharhlash
2022-03-26 19:15:02 Assalomu alaykum!

Bugun sizlarga yangi loyihacha taqdim etaman , ya'ni svejiy proyekt , hozirgina bu dasturni tugatdim.

Bu dasturda siz savollar sonini kiritasiz va siz qancha son kiritsangiz shuncha matematik amallardan iborat savollar beriladi, ohirida natija va o'zlashtirishni chiqarib beradi, buni asosan maktab yoshdagi bolalar o'zini tekshirish uchun ishlatishni maslahat bergan bo'lar edim .

E'tiboringiz uchun rahmat!

Do'stlaringizga ulashing
https://t.me/nyutonov_dev
78 views16:15
Ochish/sharhlash
2022-03-21 19:59:04
Dunyoning eng yosh dasturchisi haqida.

Hindistonlik Arxam Am Talsaniya 7 yoshga to‘lishiga bir kun qolganda Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng yosh dasturchi sifatida kiritildi.

U o‘z maqomini tasdiqlash uchun Python dasturlash tili o‘quv kursida o‘qidi va Microsoft sertifikatlash imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Dastlab Arxam kichik-kichik o‘yinlar dasturini yozishni boshlagan va Ginnesning rekordlar kitobi vakillari bilan aloqaga chiqib, ularga o‘z ishlarining namunalarini yuborishini aytgan. Olib borilgan tekshiruvlardan so‘ng bolaga dunyodagi eng yosh dasturchi unvonini tasdiqlovchi sertifikat berildi.

Arxamning orzusi tadbirkor bo‘lish va hammaga yordam berish. “Men tadbirkor bo‘lishni istayman va hammaga yordam bermoqchiman. Dasturlash uchun ilova, o‘yin va tizimlar yaratmoqchiman. Shuningdek, muhtojlarga yordam berishni xohlayman” – degan yosh dasturchi.

@nyutonov_dev
95 views16:59
Ochish/sharhlash
2022-03-20 14:58:56
NFT — bu nima?

— NFT - bu raqamli mulkka, masalan, rasm, musiqa, video yoki boshqa elektron narsaga siz egalik qilayotganingizni isbotlab beruvchi token. Masalan real hayotda sizning mashinangiz boʻlsa, sizda uni sizniki ekanligini isbotlovchi hujjat ham bor.

— NFT ham xuddi shunday hujjat, faqat u raqamli narsalar uchun amal qiladi va blokcheyn texnologiyasiga asoslangan boʻladi va shu sabab uni hech kim buza olmaydi.

Hozirgi kunda NFT suratlar savdosi juda avj olgan va shu payt "Men ular millionlab dollarga sotib olayotgan NFT suratlardan nusxa koʻchirib olib bepul foydalanishim mumkinku?" deydiganlar ham topiladi.

— Ha, siz istalgan NFT suratdan nusxa olib ulardan tekin foydalanishingiz ham mumkin, lekin uni egasi boʻlolmaysiz. Masalan: mashina oʻgʻirlaganingiz bilan uning egasi boʻlib qolmaysizku!

— Hozirda Instagram, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlar ham NFT bilan ishlaydigan funksiyalar ustida ishlamoqda. Twitter bunday xususiyatni taqdim qilib ham ulgurdi.
67 views11:58
Ochish/sharhlash
2022-03-20 12:39:03
Har qanday son 0(nol)ga bo'linmasligini hammamiz yaxshi bilsak kerak.

Dasturlashda bu xatoni qilsangiz dasturingizda "zerodivisionerror" xatosini olasiz.

Huddi shu amalni mexanik hisoblash mashinasida bajarib ko'rganingizda esa mashina uni hisoblashga harakat qiladi.

Qo'shimcha: Bu orada nimadirni nolga bo'lish mantiqqa to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun nolga bo'lish mumkin emas.
Ya'ni sizda 1 ta snickers bor. Va siz uni 2ta jiyaningizga 0 tadan bo'lib berishingiz kerak. Har bir jiyaningizga qancha snickers tushgan bo'lar edi?

Youtube | Linkedin | Instagram

@saudabdulwahed
60 views09:39
Ochish/sharhlash
2022-03-20 12:32:53 IT kelajakda ayrim ishlarni qisqartirishi ya'ni ayrim kasblarni ishsizlikka olib kelishi mumkin!

IT bu judayam keng soha bularga: Dasturlash, Dizayn(UI, UX), SMM Marketing, Robototexnika, AI ya'ni Suniy intelekt va boshqalar kiradi. Aynan AI va Robototexnika tepadagi gapga yaqqol misol bo'la oladi, chunki turli xil robotlar insonlar qila olmaydigan narsalarni qila oladi, shuning uchun ham nima ishga qo'l ursangiz IT ni bog'lashga harakat qiling

Do'stlaringizga ulashing
https://t.me/nyutonov_dev
55 viewsedited  09:32
Ochish/sharhlash
2022-03-19 21:57:26
Kalta o'ylamang.

Dasturchilikda (va umuman hamma sohada) birinchi ishni topish qiyin. Keyingilari xudo xohlasa o'zi sizni topadi.

Shuning uchun kasb tanlashda "1 yildan keyin qayerda bo'laman" deb emas, 3-4 yildan keyin qayerda bo'lishingizni o'ylang. Dasturchilar juda tez ko'tariladi (albatta doimiy o'z ustida ishlash sharti bilan).

Men tanigan, 2-3 yil oldin junior ishlarni qilib yurgan dasturchilar hammasi ko'tarilib ketgan. 1500$ dan kamiga ishlashmaydigan darajaga chiqib olishgan. O'rta tempda ketganingizda ham uzog'i 5 yilda o'zingizni eplab, 1000-2000$ mensimaydigan senior dasturchi bo'lasiz.

Boshqa sohalarda bu qadar tes o'sish kam uchraydi. Ayqnisa quruq jismoniy mehnatda o'sishni o'rniga so'nib borasiz. Bugun kuchingiz ko'pida jozibador ko'ringan ishlar, 5-6 yilda charchatadi. Aqliy mehnat bilan esa faqat o'sib borasiz.

Anvar Narzullayev

Do'stlaringizga ulashing
https://t.me/nyutonov_dev
67 views18:57
Ochish/sharhlash