Get Mystery Box with random crypto!

Umar Maryamda o‘zini ko‘ra olgandi. Bu dunyoda unga ham o‘xsha | Koʻzimning nuri

Umar Maryamda o‘zini ko‘ra olgandi. Bu dunyoda unga ham o‘xshagan oddiylikni yaxshi ko‘radigan, samimiy bo‘la oladigan va eng muhimi uni ham tushunib, barcha gaplarini jimgina tinglay oladigan inson borligidan baxtiyor edi. Umar birinchi marta sevib qolgandi...

Ba’zan Umar yuragidagi gaplarni kimgadir aytishni xohlardi. Kursdosh do‘stlari esa uning bu gaplarini jiddiy qabul qilishmas, sevib qolganini aytsa, “U qiz hatto seni bu dunyoda bor ekaningni ham bilmaydi”, deb kulishardi. Lekin Umar bu aytilgan gaplarning hech biridan xafa bo‘lmasdi. Shunchaki bularni uni tushuna olmasliklariga yo‘yib qo‘ya qolardi.

*

...Bu yo‘llardan Maryam bilan birga yurishni, yomg‘ir tomchilarining yerga tushgandan keyin chiqadigan tovushlarni birga tinglashni istardi. Xayolida unga aytmoqchi bo‘lgan juda ko‘p narsalar bor edi. Gapirsa, yillar bo‘yi tugamaydigan narsalar. Masalan, Maryamga qushlarni tomosha qilish, tog‘ etaklarida varrak uchirish, keng dalalar bo‘yida birgalikda velosiped uchish yoqarmikin? U bilan kitobda o‘qigan har bir jumlani muhokama qilishni, asar qahramonlari haqida uzoq-uzoq suhbatlar qurishni xohlardi. Uning uchun bir kun kelib bularning barchasini baham ko‘ra oladigan insonning borligini o‘ylab, uni kutib yashash aslida baxt desa arzigulik narsalar edi. Umar Maryamni uchratgan kunidan boshlab eski o‘ziga, yoshlikdagi quvnoq, Allohning unga bergan har bir kuniga shukr aytib, har bir daqiqasidan zavq olib yashaydigan o‘zligiga qaytayotgandi. Maryam unga o‘sha Umarni qaytarib berdi go‘yo. Oilasi uchun, do‘stlari, bu hayot uchun qaytarib berdi.

Davomi bor...