Get Mystery Box with random crypto!

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar OTMlarga imtihonsiz qa | NOZIMA XOLIKOVA | Bukhara LPA

Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar OTMlarga imtihonsiz qabul qilinishini bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni 3-bandiga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega.

Vazirlar Mahkamasining 11.01.2022 yildagi 17-son qarori 4-bandiga asosan texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (a’lo)” bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.

Bunda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.

Yuqoridagi qoidalarga ko‘ra texnikumning bitiruvchi bosqich talabalari bu yil suhbat asosida OTMga o‘qishga qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu nizomning 7-bandiga muvofiq bitiruvchilar har yili 5-iyuldan 25-iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar.

Nizomga ko‘ra bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha tashkil etiladi.

Shunday ekan bu yil texnikumning muvofaqqiyatli bitiruvchilari hozir ushbu nizomga ko‘ra suhbatga topshirish imkoniyatiga ega.