Get Mystery Box with random crypto!

NOZIMA XOLIKOVA | Bukhara LPA

Telegram kanalining logotibi nozima_xolikova_lpa — NOZIMA XOLIKOVA | Bukhara LPA N
Telegram kanalining logotibi nozima_xolikova_lpa — NOZIMA XOLIKOVA | Bukhara LPA
Kanal manzili: @nozima_xolikova_lpa
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 3.78K
Kanalning ta’rifi

Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirish agentligi 🇺🇿
Agency for promoting Foreign language learning 🇺🇿
Manzil: Buxoro davlat universiteti, bosh bino 1-qavat, 62-63-xona.
Murojaat uchun👇
Vakil: @Nozima_Nematilloyevna_PhD_TESOL

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-30 21:22:56 ​​IELTS сертификати бор хорижий тил ўқитувчиларига устама тўланади

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 19 майдаги ПҚ – 5117-сонли “Ўзбекистон Республикасида хорижий тилларни ўрганишни оммалаштириш фаолиятини сифат жиҳатидан янги босқичга олиб чиқиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги қарорига мувофиқ 2021/2022 ўқув йилидан бошлаб:
• таълим муассасаларининг камида C1 даражадаги миллий ёки унга тенглаштирилган мос даражадаги халқаро тан олинган сертификатга эга хорижий тиллар ўқитувчиларига уларнинг базавий тариф ставкасига нисбатан ҳар ойлик 50 фоиз миқдорида қўшимча устама ҳақи тўлаб борилиши белгиланган.

Шунингдек, рўъйхат рақами 3318 қарор билан тасдиқланган "Хорижий тилларни билиш даражасини белгиловчи миллий ва халқаро тан олинган сертификатлар ўртасидаги мувофиқлик даражаси"га кўра IELTS 7.0-8.0 тоифалари C1 даражага тенглаштирилган.

Демак, юқоридаги асосларга кўъра камида C1 даражадаги сертификат ёки камида IELTS 7.0 даражасига эга бўлса хорижий тиллар ўқитувчиларига устама ҳақ тўланади.
291 viewsNOZIMA XOLIKOVA, edited  18:22
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:59:27 Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi Buxoro viloyati vakilligida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Agentlik hududiy vakilligi tomonidan har haftaning juma kunlarida chet elda malaka oshirib qaytgan, mahoratli pedagoglar tomonidan turli darslar, taqdimotlar tashkil etilib kelinadi.
Navbatdagi ishtirokchi 10ga yaqin xalqaro loyihalar muallifi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent Axmedova Mehrinigor Bahodirovna tomonidan "Motivative classes: how to write an article and researches, foreign relations and set a goal to visit foreign countries" mavzusida taqdimot qilindi.
Doimiy va faol ishtirokchilarimizga agentlik hamda ma'ruzachidan kitob va posterlar taqdim etildi.
441 viewsNOZIMA XOLIKOVA, 15:59
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:10:51
508 viewsNOZIMA XOLIKOVA, 13:10
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:10:50
468 viewsNOZIMA XOLIKOVA, 13:10
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:29:59
OKTYABR oyida navbatdagi test imtihoni bo'ladi.
Buxoro viloyatidagi xorijiy til fani o'qituvchilari uchun !!!

2022-yil 7-oktyabr kuni
Buxoro shahrida navbatdagi TKT test imtihoni o'tkaziladi. TKT imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar:
Xalqaro miqyosda tan olinuvchi sertifikatga;
Pedagog kadrlar attestatsiyasida maksimal ballga;
50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqiga ega bo'ladilar.

Shoshiling. 7-SENTYABR OXIRGI KUN!!!
Narxlar har bir modul uchun so'm.

To'lovlarni quyidagi hisob raqamga faqat BANK orqali amalga oshirasiz
Tashkilot nomi: Aligenius innovative centre MChJ
H/R: 20208000105115483001
MFO: 00120
INN: 306667716

"ASAKA" ATB Buxoro mintaqaviy filiali
To'lov qaydnomasiga quyidagi ma'lumotlar kiritiladi:
- Talabgorning to'liq ismi sharifi
-Passport seriyasi va raqami.
-modul raqami

To'lovni amalga oshirganingizdan so'ng, kvitansiya, pasport kopiya hamda telefon raqamingizni
https://t.me/Nozima_Nematilloyevna_PhD_TESOL ga yuboring.
172 viewsNOZIMA XOLIKOVA, 12:29
Ochish/sharhlash
2022-08-30 08:23:12 NOZIMA XOLIKOVA | Bukhara LPA pinned a photo
05:23
Ochish/sharhlash
2022-07-18 20:04:14
233 viewsNOZIMA XOLIKOVA, 17:04
Ochish/sharhlash
2022-07-18 16:23:02 Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar OTMlarga imtihonsiz qabul qilinishini bilasizmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni 3-bandiga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-bosqichdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega.

Vazirlar Mahkamasining 11.01.2022 yildagi 17-son qarori 4-bandiga asosan texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (a’lo)” bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.

Bunda 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish imtihonlarisiz, yakka tartibdagi suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.

Yuqoridagi qoidalarga ko‘ra texnikumning bitiruvchi bosqich talabalari bu yil suhbat asosida OTMga o‘qishga qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.

Ushbu nizomning 7-bandiga muvofiq bitiruvchilar har yili 5-iyuldan 25-iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar.

Nizomga ko‘ra bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha tashkil etiladi.

Shunday ekan bu yil texnikumning muvofaqqiyatli bitiruvchilari hozir ushbu nizomga ko‘ra suhbatga topshirish imkoniyatiga ega.
497 viewsNOZIMA XOLIKOVA, 13:23
Ochish/sharhlash
2022-07-18 16:20:28
447 viewsNOZIMA XOLIKOVA, 13:20
Ochish/sharhlash
2022-07-18 14:35:32
BUXORODA
19-Avgustda Linguaskill testini o'tkazish rejalashtirilgan, kim topshirmoqchi bo'lsa, to'lovni amalga oshirib, kvitansiya, passport kopiya, tel.raqamingizni shu manzilga jo'nating: ( https://t.me/Nozima_Nematilloyevna_PhD_TESOL ) yuborishingizni so'rayman. Test bo'yicha barcha ma'lumotlar kanalda berilgan.
607 viewsNOZIMA XOLIKOVA, 11:35
Ochish/sharhlash