Get Mystery Box with random crypto!

Notes_pg📖

Telegram kanalining logotibi notes_pg — Notes_pg📖 N
Telegram kanalining logotibi notes_pg — Notes_pg📖
Kanal manzili: @notes_pg
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 111
Kanalning ta’rifi

Ketma - ket hamma narsani o'qish shart emas, qalbdagi savollarga javob bo'ladiganlarini o'qisang kifoya📖
✍️🏻 Biz shundaylarini ulashamiz...
Instagram sahifamiz: https://www.instagram.com/notes.pg

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-05-24 20:18:57 "Qalb iffati" romani
Abdukarim Mirzayev

1-qism

@notes_pg
141 viewsedited  17:18
Ochish/sharhlash
2022-05-02 08:10:25
#Ramadan

Ramazon hayitingiz muborak boʻlsin azizlar!

@notes_pg
199 views05:10
Ochish/sharhlash
2022-04-27 21:29:47
#Ўзбек_қориялари #Ramadan

ГЎЗАЛ ҚИРОАТ (Қадр сураси)

@notes_pg
183 viewsedited  18:29
Ochish/sharhlash
2022-04-26 20:32:00 ​Koʻnglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,
Qolar boʻlsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yigʻlasa chin dildan ham –
Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u…
 
Sigʻmay qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim boʻlsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona –
Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u…
 
Tonar boʻlsa qoʻlimdagi tor, dunyo,
Uch kun oʻtmay unutgay doʻst-yor, dunyo.
Yeru koʻkni titratib zor-zor, dunyo –
Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u…
 
Gulday kulib yurmasmidi, oʻgʻlim deb,
Koʻrib koʻnglim toʻlmasmidi, oʻgʻlim deb,
Onang oʻlsa boʻlmasmidi, oʻgʻlim deb –
Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u…
 
Koʻnglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,
Qolar boʻlsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yigʻlasa chin dildan ham –
Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u…

Muhammad Yusuf

@notes_pg
159 views17:32
Ochish/sharhlash
2022-04-16 20:37:41
ISLOMGA BAG'ISHLANGAN UMR
Hujjatli film

2-qism

Oʻzbek xalqining atoqli farzandi, yetuk alloma, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ibratli hayot yoʻli haqidagi «Islomga bagʻishlangan umr» nomli hujjatli film.

Film butun umrini, kuch-quvvatini Islom diniga, moʻmin-musulmonlarga, el-yurt tinchligi, Vatan ravnaqi yoʻlida xizmat qilishga bagʻishlagan buyuk olimning sinov va mashaqqatlarga toʻla shonli hayoti haqida hikoya qiladi.





Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Веб-сайт
t.me/bintusodiq
170 views17:37
Ochish/sharhlash
2022-04-16 20:37:41
ISLOMGA BAG'ISHLANGAN UMR
Hujjatli film

1-qism

Oʻzbek xalqining atoqli farzandi, yetuk alloma, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining ibratli hayot yoʻli haqidagi «Islomga bagʻishlangan umr» nomli hujjatli film.

Film butun umrini, kuch-quvvatini Islom diniga, moʻmin-musulmonlarga, el-yurt tinchligi, Vatan ravnaqi yoʻlida xizmat qilishga bagʻishlagan buyuk olimning sinov va mashaqqatlarga toʻla shonli hayoti haqida hikoya qiladi.





Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Веб-сайт
t.me/bintusodiq
120 views17:37
Ochish/sharhlash
2022-04-08 04:36:00 #peace_of_mind

Ko'zlaring umidvor boqar ziyoda,
Barcha kuch aslida ojiz sukutdir..
Qalbingni ovutgin: "Yorug' dunyoda
Alloh so'nggi emas, tanho umiddir!"


Xayrulla Hamidov

@notes_pg
136 views01:36
Ochish/sharhlash
2022-03-30 20:11:00 ​#Ramadan

Ro'za tutgan kishining ertalab turib, saharlik qilishi, kechasi esa odatdagidan tashqari yana qo'shimcha yigirma rakat namoz o'qishi - bularning bari harakatdan, jismoniy tarbiyadan iboratdir.
Ro'za jismoniy quvvatga foyda beradi. So'nggi paytlarda bu haqida musulmon bo'lmagan doiralarda ko'proq gapirilmoqda, ochlik bilan davolash uslublari va shifoxonalarini ko'paytirmoqdalar. Uzoqqa borishning hojati yo'q, bir necha yil muqaddam professor Nikolayevning "Oddiy haqiqatlar" deb nomlangan kitobi o'zbek tilida chop etildi. Unda "Sog'liq uchun och-nahor yurish" sarlavhali bob bor. O'sha bobda ko'p foydali ma'lumotlar berilgan. Biz uchun e'tiborli joyi shundaki, unda o'z sog'lig'i uchun qayg'urgan har bir kishi yiliga 28-32 kun ixtiyoriy ravishda och qolishi zarurligi ta'kidlangan.
Ro'za tutgani sababli ko'p yillik kasalliklaridan forig' bo'lgan kishilarning e'tiroflarini tez-tez eshitib turibmiz.


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh "Iymon"

@notes_pg
186 viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash
2022-03-30 19:51:28 "Onaning yuziga nazar solish ibodatdir.
Unga yaxshilik qilishni o'zing tasavvur qilaver".


Hasan Basriy roziyallohu anhu

@notes_pg
143 viewsedited  16:51
Ochish/sharhlash
2022-03-13 22:14:00
Sababsiz bukchaysa samimiyatim.
Oq, oydin orzular to'ldirar kamni.
Orzuki, olamda oliy niyatim,
Hajga olib borsam jonim onamni.

Yuraksiz o'g'lini yurakdan suygan,
Kuyumsiz farzandga kuyungan, kuygan,
Kichik bir yutuqda istiqbol tuygan,
Hajga olib borsam jonim onamni.

Quyosh nur sochmasdan sochgaydir mehr,
Ikki qarog'idan toshgaydir mehr,
Muazzam Ka'baga boshlaydir mehr,
Hajga olib borsam jonim onamni.

Quvonsam quvonsa sig'may ichiga, Yig'lasa labini tishlab tishiga.
Ters burib yuzimni dunyo ishiga,
Hajga olib borsam jonim onamni.

Ne borki ilinsa ichmay va yemay,
Qadamim tanisa men hali kelmay,
Ketguncha indamay, hech narsa demay,
Hajga olib borsam jonim onamni...

Kamtarin, kamsuqum, sofdil va sodda,
Ulug' deb bo'larmi usiz olamni.
Niyat shu: eng katta samalyotda,
Hajga olib borsam jonim onamni.


Oʻtkirbek Muhammadsobir

Allohim barchamizga nasib qilsin )

@notes_pg
214 views19:14
Ochish/sharhlash