Get Mystery Box with random crypto!

​Koʻnglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham, Qolar boʻlsam bir k | Notes_pg📖

​Koʻnglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,
Qolar boʻlsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yigʻlasa chin dildan ham –
Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u…
 
Sigʻmay qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim boʻlsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona –
Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u…
 
Tonar boʻlsa qoʻlimdagi tor, dunyo,
Uch kun oʻtmay unutgay doʻst-yor, dunyo.
Yeru koʻkni titratib zor-zor, dunyo –
Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u…
 
Gulday kulib yurmasmidi, oʻgʻlim deb,
Koʻrib koʻnglim toʻlmasmidi, oʻgʻlim deb,
Onang oʻlsa boʻlmasmidi, oʻgʻlim deb –
Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u…
 
Koʻnglim qolsa bulbuldan ham, guldan ham,
Qolar boʻlsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yigʻlasa chin dildan ham –
Onam yigʻlar, onam yigʻlar, onam u…

Muhammad Yusuf

@notes_pg