Get Mystery Box with random crypto!

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Braziliya va Amazoniya past | Nota bene!

XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Braziliya va Amazoniya pasttekisligining boshqa mamlakatlarida ro'y bergan ushbu hodisa iqtisodiy-ijtimoiy hayotning eng muhim qismlardan biri bo'lgan.

Braziliyada kauchuk ishlab chiqarishning birdan ko'payishi Yevropa mustamlakachilarining qit'adagi ekspansiyasi tezlashishi, immigratsiyaning o'sishi, boyliklarning ko'payishi, madaniy va ijtimoiy o'zgarishlar va tub aholi o'rtasidagi xaosga sabab bo'ldi. Shuningdek, Manaus, Porto-Velyo, Belen kabi shaharlarning rivojlanishi hamda Madeyra-Mamore temir yo'li qurilishiga ham olib keldi.

Kauchuk vasvasasining birinchi to'lqini 1879-1912-yillarda yuz bergan. Ikkinchi to'lqin esa 1942-1945-yillarda, fashizmparast Yaponiya Janubi-Sharqiy Osiyodagi Yevropa mustamlakalarining aksariyat qismini egallab olganidan keyin bo'lib o'tgan. Urush yillarida AQSh va Buyuk Britaniya sanoati kauchukka juda muhtoj bo'lib qolgandi. Shu sababli ular past sifatli Braziliya xomashyosini sotib olishga majbur bo'lishadi.

Nota bene!