Get Mystery Box with random crypto!

L.Tolstoyning 1878-yilda chop qilingan “Anna Karenina“ romani | Nota bene!

L.Tolstoyning 1878-yilda chop qilingan “Anna Karenina“ romani aynan yuqoridagi so‘zlar bilan boshlanadi. Tolstoy o‘z asarlarida oilalarga ko‘proq e’tibor qaratgan. “Urush va Tinchlik“ asarida bir qancha baxtsiz oilalarni baxtli oila bilan tafovutini ko‘rsatib, baxtli oilaga Rostovlar oilasini misol qilib keltirgan.

Oilalarning baxtli yoki baxtsizligi haqida g'oyani M.Gorkiyning “Tubanlikda“ asarida ham uchratishimiz mumkin. Unda qanday qilib oila baxtsizlikka uchragani hamda er va xotin baxtsizlikni turlicha qabul qilgani haqida hikoya qilinadi.

Ushbu iboradan hozirda biron narsa yoki vaziyatning nega ijobiy va salbiy, yaxshi va yomon bo‘lishi haqida gap ketib qolganda foydalaniladi. Masalan, iqtisodchi Behzod Hoshimov suhbatlardan birida boy va qashshoq davlatlarni solishtirar ekan suhbatdoshiga “Baxtli oilalarning hammasi bir biriga o‘xshaydi, baxtsiz oilalarning esa har biri o‘zicha baxtsizdir“ deya qashshoq davlatlar o‘zicha qashshoq ekanligini tushuntirib bergan.

Nota bene!