Get Mystery Box with random crypto!

Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni | Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

2023-yil 22-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (31-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!