Get Mystery Box with random crypto!

Kirish imtihonlarida ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq bal | Nodavlat oliy ta'lim muassasalari

Kirish imtihonlarida ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan

Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

erkaklarda — 112,4 ballni;
ayollarda — 125,1 ballni;

to‘lov-kontrakt asosida:

erkaklarda — 88,9 ballni;
ayollarda — 98,5 ballni tashkil etgan.

Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!