2022-08-30 21:55:11
Davom etamiz
NIZAMIDDIN TAʼLIM MARKAZI yangi oʻquv yilida quyidagi fanlar orqali xizmat koʻrsatadi. Ilm beradi. Bular: ona tili va adabiyot, tarix, fizika, matematika, biologiya, kimyo, geografiya, IELTS, CEFR.
Qolaversa, Prezident maktablariga tayyorlov, ixtisoslashtirilgan Al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek kabi nufuzli maktablarga ham tayyorlov kurslarini yoʻlga qoʻyamiz.
Asosiy faoliyatimiz abituriyentlarni Respublika miqyosida barcha Oliygohlarning kirish imtihoniga tayyorlash boʻlgani uchun 9-, 10-, 11-sinf oʻquvchilariga va ularning ota-onalariga yangicha tizimda yondashamiz. Abituriyentni ham ota-onani ham tinch qoʻymaymiz))
Darslar haftada uch kun qoʻyib beriladi. Pitsa taym, mitsa taym qilib vaqtingizni oʻgʻirlamaymiz. Sizga ajratilgan vaqt ichida sifatli taʼlim beriladi.
Har bir fandan abituriyentga ikkita oʻqitivchi biriktirilgan boʻladi. Birinchisi, asosiy oʻqituvchi boʻlib, bu oʻqituvchi sizning talabaga aylanishingiz uchun yil davomida ishlaydi. Ikkinchisi esa, yordamchi oʻqituvchi (academy support) boʻlib, bu sizga asosiy darsda tushunmay qolgan mavzu yuzasidan yordam beradi. Qolaversa, abituriyent yordamchi oʻqituvchi (academy support) xizmatidan darsdan oldin va darsdan keyin ham foydalanishi mumkin. Oʻzaro kelishgan holda yakshanba kuni alohida yakkama-yakka yoki guruh bilan birgalikda yordamchi oʻqituvchi (academy support) sizga yordam beradi. Eng asosiysi, yordamchi oʻqituvchi uchun toʻlov qilmaysiz. Bu xizmat mutlaqo bepul.
Manzil: Shayxontohur tumani Alisher Navoiy koʻchasi, 37-uy
Manzil: Yashnobod tumani, 255-maktab
@NIZAMIDDIN_TM
925 viewsedited 18:55