Get Mystery Box with random crypto!

​​Tushunishim bo'yicha yoki men 'Инопланетян' man yoki rostdan | Nishonga tegadi🎯

​​Tushunishim bo'yicha yoki men "Инопланетян" man yoki rostdan ham ko'p yoshlar kelajak haqida kam o'ylashadi...

Hamma narsani aylantirib yana maqsadga olib borish niyatim yo'q. Bu mavzuni suvi chiqib ketdi. Ammo o'zim ko'rgan eng katta bir muammo bor. Buni hozir sizlarga aytib beraman...

Eng qo'rqinchilisi - bu yoshlarni biror bir hunar o'rganmasligi yoki biror bir sohaga qiziqmasligi! Bu jamiyatimizdagi ko'pgina muammolar zamirida yechim sifatida tinchgina yotibdi. Bunga be'etibor bo'lishimiz oxiri yaxshilikka olib kelmasligi aniq!
Nimanidir o'rganing... Qo'lingizda hunar bo'lsa bilingki siz jamiyat uchun kerakli insonsiz va sizni doim hurmat qilishadi. Ammo bu yetarli emas... O'z sohangiz professionali bo'ling! Undan keyin o'zingiz bilgan sohalarda turli xil loyihalar qilib hayotingizni yaxshilashingiz mumkin!
Unutmang siz tanigan dunyodagi barcha millarderlar ham o'z sohasini yaxshi bilganligi sababli muvaffaqiyatga erishgan!

Postni shu yergacha oqidingizmi? Unda xursandman, bu mavzuda fikrlar juda keng va shu sababli ham o'z fikrlaringizni izohlarda qoldiring bu barcha uchun muhim...

Postni do'stlaringizga ulashib qo'yish yodingizdan chiqmasin! Nega tashlading desa "Endida..." deb qo'yuvuras

t.me/nishongategadi