Get Mystery Box with random crypto!

Nimaga chips idishining yarmi havoga toʻla boʻladi? — Chips y | NIMAGA?

Nimaga chips idishining yarmi havoga toʻla boʻladi?

Chips yeb koʻrganingizda, hech idish ichidagi havoga eʼtibor qilganmisiz? Aslida bu havo emas, balki azot gazidir. Bu albatta chipsning ogʻirligini oshirib, narxini koʻtarish uchun oʻylab topilmagan.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha azot gazi chipslarni yana uzoq muddat qarsildoq boʻlishini yaʼni yaxshi saqlanishini taʼminlaydi. Yana shuni maʼlum qilishimiz kerakki, ushbu azotning inson sogʻligiga zarari yoʻq.

P.S. "Chipsxoʻr" tanishlaringizga chips isteʼmolini meʼyorda saqlashlarini tavsiya qiling va albatta ushbu postni ular bilan boʻlishing

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!