Get Mystery Box with random crypto!

Nimaga kalit, ko'zoynak, telefon, kabi kichik narsalarni qayer | NIMAGA?

Nimaga kalit, ko'zoynak, telefon, kabi kichik narsalarni qayerga qo'yganimizni unutib qo'yamiz?

Miyamizda keraksiz xotiralarni tozalaydigan mehnatsevar hujayralar mavjud. Ushbu hujayralar xotiramizdagi barcha "foydasiz" narsalarni unutishga yordam beradigan gormon ishlab chiqaradi. Miyamiz esa kichik narsalarni keraksiz deb o'ylab xotiradan o'chirib tashlaydi.

Qizig'i shundaki, zavq bilan yaratilgan xotiralar yaxshiroq saqlanadi. Shuning uchun quvonchli xotiralarimizni ko'p vaqt eslab yuramiz.

P.s: Shunday qilib, kalitlarni biron joyga qo'yib, shu joyda xursand bo'lishni unutmang, shunda ularni 2 soat davomida esdan chiqarmaysiz :)

@NIMAGA — kanalini kuzatib boring!