Get Mystery Box with random crypto!

NavoiyDPI_AL

Telegram kanalining logotibi navoiydpi_al — NavoiyDPI_AL N
Telegram kanalining logotibi navoiydpi_al — NavoiyDPI_AL
Kanal manzili: @navoiydpi_al
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.46K
Kanalning ta’rifi

🏢NavoiyDPI akademik litseyi ma'muriyati telegram kanali!
🚕Manzil: Navoiy sh,Spitamen 14-uy(O'zbekiston kino teatri yonginasida)
📞 Qabulxona: 998792204028
⏱ Qabul vaqti: 8:30 -17:30
———————
🌐Web saytlar nspi.uz & ndpial.uz

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-18 09:10:24 Test kuni abituriyent faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjat (Tug`ilganlik to`g`risida guvohnoma, pasport yoki ID karta) va DTM ruxsatnomasi bilan soat 7:00 da kelishi talab qilinadi. Ortiqcha narsaga ruxsat berilmaydi. Kepkada kelish tavsiya etiladi.
3.2K viewsFazliddin Maxammatqulov, 06:10
Ochish/sharhlash
2022-08-18 09:03:38
#Qabul_2022 | #DTM_test |#Anonin_so'rovnoma!
22-avgust kuni testga kiradigan Ruxsatnomani yuklab oldingizmi..?
Anonymous Poll
60%
Ha
30%
Yo'q
10%
Saytga kirolmadim
862 voters2.7K views AL_Qabul_2022(Jaloliddin_Makkamov) , 06:03
Ochish/sharhlash
2022-08-17 08:50:06#Qabul2022 |#Akademik_litsey

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!

Xabar berganimizdek, akademik litseylarga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda o‘tkaziladi.

Test sinovlari bir smenada o‘tkazilib, soat 8:00 boshlanadi.

Akademik litseylarda 1-bosqich dastlabki yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:

litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;
yoki hujjat topshirgan akademik litseydan ham bevosita borib olishlari mumkin.

Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.

Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 110 daqiqa vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
2.4K viewsFazliddin Maxammatqulov, 05:50
Ochish/sharhlash
2022-08-17 08:14:31 Академик лицейларга кириш тест синовлари жорий йилнинг 22 август куни Давлат тест маркази томонидан махсус белгиланган ҳудудларда ўтказилади.
Тест синовлари бир сменада ўтказилиб соат 8:00 бошланади.
Академик лицейларга ҳужжат топшириб 1-босқич дастлабки ёзма имтиҳонлардан муваффақиятли ўтган ўқувчилар litsey.edu.uz сайтидаги шахсий кабинетига ўзининг логин ва пароли билан кирган ҳолда рухсатномани юклаб олиши мумкин, рухсатномани ҳужжат топширган академик лицейлардан ҳам олишлари мумкин бўлади.
Талабгорлардан тест синови ўтказиладиган ҳудудга белгиланган вақтдан камида1 соат олдин шахсини тасдиқловчи ҳужжат ва тест синовида иштирок этиш учун рухсатнома билан келишлари сўралади.
2.9K viewsFazliddin Maxammatqulov, 05:14
Ochish/sharhlash
2022-08-09 08:47:42
#Qabul_2021 |#Akademik_litsey

FOYDALI!

Ma’lumki, joriy o‘quv yili akademik litseylarga kirish imtihonlarida test topshiriladigan fanlar majmuasida ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fandan tashqari o‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha test topshiriqlari ham mavjud.

Quyida IQ ni aniqlash bo‘yicha test savollari tayyorlanadigan adabiyotlar ro‘yxati bilan tanishing:

Drujinin V.N. Психология общих способностей. 3-е изд. - СПб.: Питер, 2007.

Ayzenk G. Новые IQ тесты. - М.: Изд-во Эксмо, 2003.

Ayzenk G. Классические IQ тесты. Перевод с англ. К.Савельева. Москва: Изд-во Эксмо, 2011.

Muxordova O.Ye., Шрейбер Т.В. Прогрессивные матрицы Равена: методические рекомендации. – Ижевск: Изд-во «Удмуртский университет», 2011.

Simon Martin. IQ: развитие интеллекта и подготовка к тестам: Пер. с нем. - СПб.: БХВ-Петербург, 2010.

www.testoteka.narod.ru

www.amthauer-ist.com/ru

www.treningmozga.com
____________
@eduuz
3.9K viewsFazliddin Maxammatqulov, 05:47
Ochish/sharhlash
2022-08-09 08:12:23
3.9K viewsFazliddin Maxammatqulov, 05:12
Ochish/sharhlash
2022-08-08 15:40:40 NavoiyDPI_AL pinned a photo
12:40
Ochish/sharhlash
2022-08-08 15:35:58
#Qabul_2022
#Akademik_litsey

Akademik litseylarga kirish test sinovlari o‘tkazilish sanasi va vaqti aniq bo‘ldi

Kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda bir smenada o‘tkaziladi.

Test sinovlari soat 8:00 boshlanadi.

Test sinovlarini o‘tkazish hududi va imtihonga kirish ruxsatnomasini olish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
3.3K viewsFazliddin Maxammatqulov, 12:35
Ochish/sharhlash
2022-07-17 17:57:54 #Akademik_litsey
#Imtihon_natija
1-bosqich natijalari e'lon qilindi!
2-bosqichga o'tganlarga omad tilaymiz!!
2-bosqich Dtm imtihoni kuni aniq bo'lsa, shu yerda e'lon qilinadi..!
7.3K views NDPi_akademik_litseyi_Qabul_2022(Jaloliddin_Makkamov) , edited  14:57
Ochish/sharhlash
2022-07-06 11:00:45
#Qabul2022
#akademik_litsey

Akademik litseylarga qabul 10-iyulga qadar uzaytirildi

Davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq akademik litseylarga hujjatlar qabul qilishning oxirgi kuni joriy yil 10-iyul etib belgilandi.

Akademik litseylarga 2022/2023-oʻquv yili uchun hujjat topshirish istagida boʻlganlar 10-iyul soat 24:00 ga qadar onlayn tarzda litsey.edu.uz elektron platformasi orqali roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.

MA'LUMOT UCHUN: Akademik litseylarga hujjat topshirgan abituriyentlar
10-iyulga qadar elektron platforma orqali onlayn ariza holatini tekshirishi va oʻzgartirishlar kiritishlari mumkin.

Bizni kuzating: @eduuz
685 viewsFazliddin Maxammatqulov, 08:00
Ochish/sharhlash