2022-08-26 09:04:54
#Akademik_litsey
#Sharh
Akademik litseylarga kirish test natijalarini tanlov ustuvorligi bo‘yicha aniqlash tartibi
Abituriyentning to‘plagan bali ustuvorlik asosida:
u tanlagan birinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari
ushbu litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
Bunda abituriyentga tanlagan
ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga
ruxsat etilmaydi;
u tanlagan
birinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan
ikkinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga
yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari ushbu
ikkinchi akademik litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
Bunda abituriyentga tanlagan
uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga
ruxsat etilmaydi;
u
tanlagan birinchi va ikkinchi akademik litseyning yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmay, u tanlagan
uchinchi litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga
yetarli bo‘lsa, uning kirish test sinovi natijalari faqat
uchinchi litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi;
u tanlagan birinchi, ikkinchi va uchinchi akademik litsey yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilishga yetarli bo‘lmagan taqdirda, uning kirish test sinovi natijalari birinchi tanlagan litsey yo‘nalishida e’lon qilinadi.
Telegram | Instagram | Facebook| You Tube
1.8K viewsFazliddin Maxammatqulov, 06:04