Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31.57K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 118

2022-04-16 08:10:00
Biznes g‘oya: Qandolatchilik fabrikasi

Fabrika uchun 2 sotuvchi ishlashga yollanadi, eng kam miqdordagi uskunalar va mebellar sotib olinadi. Tikilgan pul qaytarilgandan so'ng, biznes egasi qo'shimcha xodimlarni jalb qiladi, assortimentni kengaytiradi, yangi savdo nuqtalarini ochadi. Qandolat fabrikasi uchun boshlang‘ich $9000 dan $12000 gacha sarmoya kerak bo‘ladi.

Keling, biznes-rejada ko'zda tutilishi kerak bo'lgan fabrika ochishni batafsil ko'rib chiqamiz.

Xarajatlar:
- Ro'yxatdan o'tkazish - $130;
- Joy ijarasi - $700;
- Mahsulotlarni sotib olish - $2100;
-Mebel, maishiy texnika - $860;
-Reklama - $1100;
- Ish haqi, soliqlar, badallar: $2100;
- Boshqa xarajatlar, zaxira fondi: $2100

Biznesni noldan foydaga chiqishi va investitsiyani qaytishi ustiga qo'yilgan foydaga bo'gliq.
60-80% marja do'konga 5-6 oy ichida to‘liq foydaga kirishiga imkon beradi. Bu xarajatlardan tashqari sof daromad oyiga o‘rtacha $700 dan $1000 gacha bo‘ladi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
12.8K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-04-15 18:20:00
Dunyodagi eng ko'p maosh oladigan top 10 kasb

Jarroh - yiliga: $180 000
Anesteziolog - yiliga: $162 000
Top menejer - yiliga: $135 000
Uchuvchi - yiliga: $134 000
Stomatolog - yiliga: $132 000
Bozor tahlilchisi - yiliga: $111 000
Advokat - yiliga: $110 000
IT bo'yicha mutaxassis - yiliga: $105 000
Reklama bo'yicha menejer - yiliga: $100 000

P.s: E'tibor bering, ish haqi yiliga dollarda yozilgan. Bu umumiy e'tirof etilgan jahon amaliyoti bo'lib, siz o'zingizni qiziqtirgan miqdorni 12 ga bo'lish orqali oylik daromadni bilib olishingiz mumkin.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.2K viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash
2022-04-15 07:21:45
Haykaltaroshlik

- Juda qimmat kvartirani sotib olsangiz, unga bezak sifatida mos keladigan qimmatbaho haykallarni sotib olishingiz kerak bo'ladi.

- Dunyodagi eng qimmat haykal shvetsariyalik haykaltarosh Alberto Jakometti tomonidan yaratilgan va u “Yuruvchi odam” deb nomlanadi. 2010-yilda livanlik boy bankirning bevasi sanʼat asari uchun 104 million dollar toʻlagan.‌‌

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
12.7K views04:21
Ochish/sharhlash
2022-04-14 18:20:00
Eng qimmat bolalar kitobining narxi qancha?

- Bolalar adabiyotining qaysi asari eng qimmat bo'lishi mumkin?

- Lewis Carroll'ning "Alice's in Wonderland"(Alisa mo‘jizalar mamlakatida) asari dunyodagi bolalar uchun yozilgan eng qimmat kitob hisoblanadi. Kitob 2016-yil iyul oyida savdoga qo'yilgan. Biroq kitob nashri Oksford universitetining bosmaxonasida 1865-yilda chop etilgan.

Narxi: $2,900,000.‌‌

P.S. Kitobxonlarga yuboramiz.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.1K views15:20
Ochish/sharhlash
2022-04-14 08:20:00
Eng qimmat Legoning narxi qancha?

- 70-80 - yillarda Lego oltin detallarini 25 yildan ortiq vaqt davomida asosiy zavodida ishlagan xodimlarga berib kelgan.

- Qimmatbaho detallar plastmassadan farq qilmaydi, shuningdek, eng yuqori namunadagi oltindan qilingan va uning og‘rligi 25 grammga teng bo‘lgan.

P.S. Ushbu Lego puliga arzimaydi, juda qimmat deyishingiz mumkin, lekin auksionda u $19,793 ga sotilgan.‌‌

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.1K views05:20
Ochish/sharhlash
2022-04-13 18:21:12
Forbes AQSh dollarlik milliarderlarining navbatdagi, 36-global reytingini e'lon qildi

Dunyoning eng boy odamlari - 2022:

1. Ilon Mask - ($219 milliard);
2. Jeff Bezos - ($171 milliard);
3. Bernard Arno va oilasi - ($158 milliard);
4. Bill Geyts - ($129 milliard);
5. Uoren Baffet - ($118 milliard);
6. Larri Peyj - ($111 milliard);
7. Sergey Brin - ($107 milliard);
8. Larri Ellison - ($106 milliard);
9. Stiv Balmer - ($91,4 milliard);
10. Mukesh Ambani - ($90,7 milliard).

P.S. O'zbekistonlik eng boy insonlarni taniydiganlar bormi?

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.7K views15:21
Ochish/sharhlash
2022-04-13 05:10:00
2022-yil uchun fidya qancha?

- O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’atining 2022 - yilgi zakot nisobi, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi.

- Bu yilgi Fidya miqdori «Bir miskinning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib», o‘rtacha kunlik qiymati 25 ming so‘m, bir oylik miqdori esa 750 ming so‘m etib belgilandi.

- Mazkur narxlar Toshkent shahridagi narxlarga asosan belgilangan, har bir viloyat o‘z bozorlaridagi narxga qarab fidya miqdorini belgilaydi.

Do'stlaringizga ham ulashing!

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.8K views02:10
Ochish/sharhlash
2022-04-12 17:37:26
Eng qimmat sayohatning narxi qancha?

- Amerikaning DreamMaker firmasi dunyodagi eng qimmat turni yaratdi. Shaxsiy samolyotda dunyoning 20 ta shahriga sayohat sizga 13,8 million dollarga tushadi, deb yozadi Daily Star.

- Ushbu summani to'laganlar, kompaniyaning Boeing 767 samolyotida uchishi va 50 tagacha qarindoshlari va do'stlarini olib ketishi mumkin.

- 50 ming kilometrlik sayohat Tailandning Koh Samui orolidan boshlanib, Filippin poytaxti Manila shahrida tugaydi. Safar Kambodja, Nepal, Hindiston, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va boshqa mamlakatlar shaharlariga tashriflar bilan 20 kunga mo'ljallangan. Sayohat yakunida sayohatchilar Las Vegasdagi 500 000 dollarlik xayriya poker turnirida qatnashadilar.

- Ma`lum qilinishicha, sayohat davomida sayyohlarga taqdim etiladigan kokteyllardagi naychalar 18 karatli oltindan yasalgan va olmos bilan bezatilgan. 50 ta naychadan iborat to'plam bir million dollarga baholanadi.‌‌

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.9K viewsedited  14:37
Ochish/sharhlash
2022-04-12 08:10:00
Robot it tomonidan yaratilgan asar narxi qancha?

- Ayni paytda Boston Dynamics kompaniyasi tomonidan yaratilgan robot it vaqtinchalik rassom sifatida ishga tushirildi. U Ukrainadan kelgan qochqinlarga yordam berish uchun o'z ishlarini sotmoqda.

- Aksiyani 48 yoshli polsha-amerikalik rassom Agneshka Pilat tashkil qilgan. Spotning asarlaridan biri bo‘lgan “Quyosh chiqishi marshi” 40 000 dollarga sotildi. Hammasi bo'lib 250 ming dollardan ortiq mablag' yig'ildi.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.1K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-03-02 17:51:19
Nyutonning tishi

Mashxur fizik olim Isak Nyutonning tishi 1816-yili Londonda $3633 ga sotilgan. Xaridor olimnin tishini uzukka qimmatbaho tosh o'rniga qo'ydirgan va uni umrining oxirigacha taqib yurgan. Hozirda bu tish qayerdaligi noma'lum, lekin shunisi aniqki uning qiymati hozirgi kursda $40 000 ga yaqinni tashkil etadi.

@NarxiQancha | Manba
6.1K views14:51
Ochish/sharhlash