Get Mystery Box with random crypto!

Narxi Qancha? ⚡️

Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️ N
Telegram kanalining logotibi narxiqancha — Narxi Qancha? ⚡️
Kanal manzili: @narxiqancha
Toifalar: Iqtisodiyot , Faktlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31.57K
Kanalning ta’rifi

Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.
Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 117

2022-04-21 08:02:00
Sun'iy intellekt chizgan portret

"Edmond Belamining portreti" sun'iy intellekt tomonidan chizilgan. Tuval shu qadar ta'sirli bo'lib chiqdiki, u Christie's auksionida 432,5 ming dollarga sotildi. Lekin auksionda 10 ming dollardan ortiq taklif berilmasligi kutilgan edi.

Belamy Family seriyasidagi ish, mashinani o'rganish algoritmi tomonidan yaratilgan bo'lib, u Fransiyaning Obvious assotsiatsiyasining rassomlari va olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. E'tiborlisi, ish Endi Uorxolning atigi 75 000 dollarga sotilgan ishidan yuqori baholangan.‌‌

*G‘alati - aa?

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
8.3K views05:02
Ochish/sharhlash
2022-04-20 18:20:00
Ushbu sovuq qurolning narxi qancha?

Chiroyli qilich va qin 2006-yilda ikki marta: 5,93 million dollarga, ikki yildan keyin esa 7,7 million dollarga sotilgan. Bu qurol Qianlong imperatori davriga oid.

Nefrit dastali "S" shaklidagi qilich – gul naqshlari bilan bezatilgan bo‘lib, po'lat, oltin va misdan yasalgan. Saberning bir tomonida she'riy asarlar qahramoni Bao Teng tasvirlangan.

Pichoqning o'zi imperator saroyida yaratilgan. Hammasi bo'lib, 47 yil ichida 90 dona shunday qilich yasalgan.‌‌

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
9.7K views15:20
Ochish/sharhlash
2022-04-20 08:10:00
Eng qimmat Chef pichog‘ining narxi qancha?

Nesmukning eksklyuziv Chef Knife pichog'i 5000 yil oldingi morain emanidan tayyorlangan. Pichoq Damashq po'latining 640 qatlamidan qilingan va platinaviy Boosteri 25 karatli olmoslari bilan bezatilgan.

Narxi - € 80.000‌‌

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
10.4K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-04-19 18:20:00
Eng kam o‘rtacha oylik ish haqi to‘laydigan davlatlar reytingi

Dunyo bo‘yicha ishchilar oylik maoshlari bo‘yicha tadqiqotlar, tahlillar va so‘rovnomalar olib boradigan Paylab portali dunyodagi eng kam o‘rtacha oylik ish haqi to‘laydigan davlatlar ro‘yxatini e’lon qildi.

O‘rtacha yalpi maosh:

• Kuba - 371,168 so'm;
• Mavritaniya - 768,216 so'm;
• Tojikiston - 1,038,364 so'm;
• Kongo - 1,059,658 so'm;
• Efiopiya - 1,353,874 so'm;
• Senegal - 1,680,851 so'm;
• Surinam - 1,689,502 so'm;
• Shri-Lanka - 2,358,069 so'm;
• Qirg‘iziston - 2,482,635 so'm;
• Indoneziya - 2,621,302 so'm;
• Bangladesh - 2,737,266 so'm;
• O‘zbekiston - 2,994,350 so'm;
• Nepal - 3,091,861 so'm;
• Turkiya - 3,123,670 so'm;
• Jazoir - 3,442,942 so'm;
• Gvatemala - 3,462,040 so'm;
• Myanma - 3,481,312 so'm;
• Nikaragua - 3,502,269 so'm;
• Zambiya - 3,589,099 so'm;
• Gana - 3,591,633 so'm.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
11.6K views15:20
Ochish/sharhlash
2022-04-19 07:20:00
Maykl Jekson qo'lqopi

Kaliforniyaning Beverli-Xillz shahridagi Julien's Auctions auksioni Maykl Jeksonning qo'lqoplari Icons and Idols deb nomlangan auksionda 330 ming dollarga sotildi.

Bu – xonandaning o'ng qo'lidagi o'sha mashhur oq qo'lqop, uning bir tomoni butunlay Swarovski kristallari bilan qoplangan. Jekson uni 80-yillarning oxirida Bad turnesi paytida kiygan.‌‌

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
11.3K views04:20
Ochish/sharhlash
2022-04-18 12:00:09
Ilon Maskning Tesla Bot nomli robot gumanoidning narxi qancha?

Optimus Botning bo‘yi: 1,7 metr,
og‘irligi: 57 kg. Shuningdek u 68 kggacha bo’lgan buyumlarni ko’tara oladi va 20 kggacha bo’lganlarini soatiga 8 km tezlikda olib yuradi.

- Optimus Tesla Autopilot nomli dasturga ega. U 8 ta kamera, sun'iy intellekt va neyro tarmoqqa ega.

- Maskning ta’kidlashicha, ushbu robotlar xavfli ishlarni bajaradilar va ularning prototiplari kelgusi yilga ishlab chiqariladi.

- Hozirgi vaqtda Tesla botida aniq narx yorlig'i yo'q. Biroq, bir nechta manbalarga ko'ra, robot $10,000 atrofida bo'lishi mumkin.

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
12.5K views09:00
Ochish/sharhlash
2022-04-18 08:10:00
Eng qimmat xanjarning narxi qancha?

Ear Dagger – chiroyli bezatilgan xanjar. Hozirgi Ispaniya hududidan topilgan va 15 asrga tegishli buyum hisoblanadi. Qurolning yoshi va o'ziga xosligi uning qiymatini oshiradi.
Xanjar ushlagichida quloqlarga o‘xshash tekis disklar mavjud. Shuning uchun Ear Dagger nomi "quloq xanjar" ham deb ataladi.

Ma'lumki, bunday xanjarlar Italiyadan Yevropaga import qilinishidan oldin o'n beshinchi va o'n oltinchi asrlarda Ispaniyada keng qo'llanilgan.‌‌

Narxi - $6 000 000

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
11.7K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-04-17 19:15:11
Dunyodagi eng qimmat ko'chaning narxi qancha?

Nyu-Yorkdagi eng qimmat ko'cha - Yuqori 5-avenyu hisonlanadi. Bir yil davomida 5-avenyuda joylashgan do‘konlarning har bir kvadrat metr ijarasi deyarli 30 000 yevroni tashkil qiladi. Bu ko‘chada hashamatli mahsulotlar sotadigan eksklyuziv butiklar va moda do'konlari joylashgan.

Manhettendagi eng hurmatli ko‘chalardan biri bo‘lgan 5-avenyu haqida shu yerda to‘liq ma‘lumot olishingiz mumkin.‌‌

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
12.1K views16:15
Ochish/sharhlash
2022-04-17 07:10:00
HP brendining bozor qiymati qancha?

Uorren Baffet fondi kompaniyaning 121 million aksiyasini sotib olganidan keyin HP aksiyalari deyarli 10 foizga oshdi.

Ayni paytda HP Inc kapitalidagi 9.9% ulush Baffet tuzilmalariga tegishli hisoblanadi. Uning umumiy bozor qiymati esa 4,2 mlrdni tashkil etadi.

P.s: HP kompyuterlaridan foydalanasizmi?

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
12.5K views04:10
Ochish/sharhlash
2022-04-16 18:20:00
"Titan Zevs 4k" televizorining narxi qancha?

- U ichki va tashqi makonda ishlatilishi mumkin bo'lgan tarzda ishlab chiqilgan va kutilganidek, uning ekrani tashqi makonga nisbatan yorug‘likni bartaraf etishga qodir. Ushbu 370 dyuymli televizorning qanday ko'rinishini yoki qanchalik katta ekanligini tushunolmaganlar uchun – bu filning kattaligidan biroz farq qiladi. Ushbu televizorning diagonali 370 dyum – bu 8 metr eniga va 3 metr bo‘y balandligiga teng degani.

Narxi: $1,600,000

P.S. Televizor ishqibozlariga yuboring!

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
13.3K views15:20
Ochish/sharhlash