Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum! Bugun 13-iyul, Chorshanba. Grigoriy taqvimi | Namangan "Ishga marhamat" Monomarkazi | rasmiy kanal

Assalomu alaykum!
Bugun 13-iyul, Chorshanba.
Grigoriy taqvimi boʻyicha yilning 194-kuni.
Yil yakuniga 171 kun qoldi.

BAYRAMLAR:

Argentinada telekommunikatsiya kuni
Chernogoriyada davlatchilik kuni
Qozog‘istonda Milliy xavfsizlik qo‘mitasi xodimi kuni
AQSHda Delaver shtati kuni
Yaponiyada marhumlarni xotirlash kuni

VOQEALAR:

1772-yil — ingliz sayyohi Jeyms Kuk dunyo bo‘ylab g‘arbdan sharqqa birinchi sayohatni boshladi.
1857-yil — Londonda Gertsen Rossiyaning birinchi oppozitsiya nashri bo‘lgan “Kolokol” jurnalining ilk sonini chiqardi.
1882-yil — Riga shahrida telefon tarmog‘i ishga tushirildi.
1897-yil — Gulyelmo Markoni radio uchun patent oldi.
1908-yil — Londonda IV Olimpiya o‘yinlari ochildi. Ularda birinchi marta ayollar ishtirok etdi.
1923-yil — Gollivud belgisining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

TAVALLUDLAR:

1826-yil — Stanislao Kannissaro — italiyalik kimyogar, atom-molekulyar ta’limot asoschilaridan biri.
1918-yil — Alberto Askari — italiyalik poygachi, “Formula 1” chempioni.
1944-yil — Ernyo Rubik — vengriyalik ixtirochi va haykaltarosh, mashhur Rubik kubining yaratuvchisi.
1983-yil — Liu Syan — xitoylik yengil atlet — Olimpiya va jahon chempioni.

Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamda Namangan viloyati "Ishga marhamat" monomarkazi matbuot xizmati