Get Mystery Box with random crypto!

#HAPPY_BIRTHDAY!!! Bugun serqirra ijodkor, jonkuyar | Namangan "Ishga marhamat" Monomarkazi | rasmiy kanal

#HAPPY_BIRTHDAY!!!
Bugun serqirra ijodkor, jonkuyar va fidoyi, samimiy inson - Jizzax viloyat Bandlik Bosh boshqarmasi hamda Jizzax viloyati "Ishga marhamat" monomarkazi matbuot kotibi Bekzod Shukurovning tavallud ayyomi! Ushbu qutlug‘ sana munosabati bilan nafaqat o‘zim, balki Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi, barcha "Ishga marhamat" monomarkazlar matbuot kotiblari, tizimda faoliyat olib borayotgan barcha xodimlar nomidan Bekzod Shukurovga umr yo‘llarida mazmunli hayot, sihat-salomatlik, ish faoliyatlarida zafarli onlar, ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman!
Hurmatli Bekzod Shukurov! Bugungi shukrona kuningiz muborak bo‘lsin! "Matbuot xodimlari" deb nomlanuvchi mo‘jaz va ahil jamoamiz-oilamiz baxtiga hamisha omon bo‘ling! Qadringiz baland, martabangiz ulug‘, rizqingiz esa hamisha but bo‘lsin! Doimo Alloh panohida va nazarida bo‘ling!

Hurmat bilan Xumora Mirzaxmedova!
Namangan viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamda Namangan viloyati "Ishga marhamat" monomarkazi matbuot kotibi