Get Mystery Box with random crypto!

Muxbir Homidov

Telegram kanalining logotibi muxbirhomidov — Muxbir Homidov M
Telegram kanalining logotibi muxbirhomidov — Muxbir Homidov
Kanal manzili: @muxbirhomidov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.97K
Kanalning ta’rifi

Murojaat uchun 👉 @muxbirhomidovtv

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2022-09-01 16:10:57
Ҳайдовчилар учун муҳим учта янги тартиб бугундан бошлаб кучга кирди

1 йил учун 300 минг сўм тўлаб, қонуний равишда таксичилик қилиш мумкин.

“10 ёшга тўлмаган” машиналарни техник кўрикдан ўтказиш энди мажбурий эмас.

Ишончномани портал орқали ҳам расмийлаштирса бўлади, уни нотариус тасдиқлаши шартмас.


https://t.me/muxbirhomidov
108 viewsAbdunosir Homidov, edited  13:10
Ochish/sharhlash
2022-08-31 12:39:25
1991 йил 31 август куни Ўзбекистон Республикасининг Мустақиллиги эълон қилинди.

1991 йилнинг 1 сентябри эса ҳар йили юртимизда - Мустақиллик куни сифатида нишонланиб келинмоқда. Мустақиллигимизнинг 31 йиллиги муборак бўлсин азизлар!


https://t.me/muxbirhomidov
88 viewsAbdunosir Homidov, edited  09:39
Ochish/sharhlash
2022-08-31 11:31:05 — Vasiliy Vasiliyevich! Batalyondagi yigitlar zerikib qoldi. Shaharga bir o‘t qo‘yib kelmaymizmi?
— E hech narsa yoqmayapti, - dedim men.
—Bormaysizmi? Mayli, o‘zim boraman, “Nazarov Samarqandni yondirib kul qildi”, deyishsin.
Birozdan so‘ng shahar tomondan quyuq tutun ko‘tarildi. Nazarov aytganini qildi, shekilli.
....Kaufman hazratlari manavi ipirisqilarga qat'iyat qanaqa bo‘lishini ko‘rsatish maqsadida butun shaharni jazolash, hech kimga shafqat qilmaslik haqida buyruq beribdi.
Jazolovchi qo‘shin safida bo‘lgan bitta askar menga quyidagilarni gapirib berdi:
«Bir qancha askar bilan bitta hovliga bostirib kirdik. Hech kim yo‘q. Ayvonda bitta keksa kampir askarlarga “omon, omon” deb yolvorardi. Bu “shafqat qilinglar” degani shekilli. Qarasak uning yonidagi ko‘rpacha tagida nimadir qimirlayapti. Kampir qurmag‘ur 16 yoshli nevarasini yashirmoqchi bo‘lgan ekan. Albatta uni tortib chiqarib, peshonasidan darcha ochdik. Buvisini ham ortidan jo‘natdik, albatta!”
Askarlar do‘konlarni ham rosa talon-toroj qilishibdi. Ba'zilari yovvoyilarning do‘konlaridan olingan rang-barang choponlarni kiyvolib tomosha ko‘rsatishdi. Rosa tomosha bo‘ldi, bunaqa miriqib kulmagandim yaqin orada.

Etnografiya uchun qimmatli narsalarni ham bu askarlarning qo‘lidan arzimas chaqaga sotib olish mumkin edi. Essiz, yong‘in paytida juda ko‘p hunarmandchilik buyumlari, yog‘ochdan ishlangan o‘ymakorlik namunalari ham yonib ketibdi. Rosa ichim achishdi.

Nazarov, sakkiz kunlik qarshilik va yetkazilgan zarar uchun yovvoyi shaharliklardan ayovsiz o‘ch oldi. Ular orasidan Sherdor madrasasi minoralaridan chiqib, askarlarimizni rosa o‘qqa tutgan ifloslar ham bor edi. Bu la'natilar shunaqa mergan ekan-ku, qancha mard yigitlarimizni halok qilishdi.

“Yaramaslarning ko‘pini madrasaning ichida qirib tashladim!” deya maqtandi Nazarov. Shu masjidda bitta mulla bilan tanishib qolgandim. Garchi u ham boshqalar qatori bizga o‘q otganidan shubhalansam-da, negadir unga achingandek bo‘ldim. Shu madrasani to‘pga tutgan askarlardan biridan so‘radim:

-Ichkarida odam ko‘pmidi?

-Yo‘q, uncha ko‘pmasdi, lekin ko‘pini qo‘ldan chiqardik, suvarakdek qochishdi o‘ziyam.

“Balki chol o‘lmay qolgandir” deb o‘yladim o‘zimcha.

-Faqat bitta qari mulla xuddi mushukdek minora tepasiga qochib chiqdi, - dedi askar.

-Xo‘sh, xo‘sh?

-Orqasiga nayza tirab, minoradan itarvordik, tushgan joyida jon berdi.

-Obbo...

Nihoyat shahar ahlidan boplab o‘ch olgan Kaufman hazratlari qo‘rg‘onimizga tashrif buyurdi. Ofiserlar qurshovidagi muhtaram Konstantin Petrovich papiros chekkancha, shohona kursida savlat to‘kib o‘tirar va beparvolik bilan bir gapni qaytaradi:

“Bularni otish kerak, otish kerak, otish kerak!”...



V.V.Vereshagin, «Russkaya starina» jurnali, Sankt-Peterburg, 1888, № 9.



Rustam Iqbol tarjimasi.

@haqiqatdaIlyos
97 viewsAbdunosir Homidov, 08:31
Ochish/sharhlash
2022-08-31 11:31:05 Razolatning niqobsiz qiyofasi

Chor Rossiyasi harbiylaridan biri, rassom, yozuvchi va jurnalist Vasiliy Vereshaginning 1888 yilda Rossiyaning “Russkaya starina” jurnalida bosilgan bir maqolasiga ko‘zim tushdi. Undagi satrlarni o‘qishning o‘zi azob. Ammo, achchiq haqiqatdan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Ayniqsa, mustaqillikni nima ekanini tushunmaydigan, bosqinchilar qamchisini qo‘msaydiganlar urchiyotgan bir paytda bosqinchilar o‘z qo‘li bilan bitgan mana bunday “Iqrornoma”larni esdan chiqarmaylik...

“Samarqand 1868 yilda”
...Mahalliy hujumchilar janglar to‘xtagan paytda ham bizni tez-tez bezovta qilar, bir necha kishi bo‘lib, devor panalab bosib kelishar, ammo azamat soldatlarimiz chaqqonlik bilan ular o‘qqa tutib, pashshadek qirishar, omon qolganlari tum-taraqay qochib, in-inlariga kirib ketishardi. Ular ba'zida o‘t ochishganda, biznikilar g‘aflatda qolib faqat devoru quruq yerni portlatishardi xolos. Bu meni juda g‘azabga solar, har doim miltig‘imni shay holatda tutar, o‘sha paytda bu gazandalarning birortasi duch kelsa, naq miyasini yorardim.
Biz rasadxona yaqinidagi qo‘rg‘onda yaxshigina joylashib olgandik. Nazariov kazak askarni sigeretaga, meni esa, non va aroq olib kelishga jo‘natdi. Sigara kelgach, butun qo‘rg‘onni xurram bir kayfiyat chulg‘ar, hammayoq oppoq tutunga to‘lardi. Ertalab bir stakan choydan keyin achchiq sigareta yaxshi ketadi. Men ham bir yashigini sotib olib, qismdagilarga tarqatdim. Nazarov butun askarlari bilan qo‘nalg‘ada yonboshlab sigiret buruqsitardi. Men esa miltiqni quchoqlaganda devor panasida poylab turardim. Qo‘qqisdan hujum qiladigan yovvoyilarni quyondek otib qulatishning gashti boshqacha-da!
Men ikkita ana shunaqa “quyon”ni qanday ustalik bilan otib o‘ldirganimni hech esimdan chiqarolmayman. «Otishga shoshilma, - dedim o‘zimga o‘zim. – miltiq qo‘ndog‘ini mana bu yerga qo‘yib, barmog‘ingni tepkiga tirab tur”!” Shu payt bitta yovvoyi miltig‘ini yelkasiga osgancha, uvada choponda yo‘ldan o‘tib oldi. Shartta tepkini bosgandim, bir sakrab yer tishladi yaramas. O‘q shu qadar yaqindan otilgan ediki, qurbonimning choponidan oqib turgan uvada paxtalar ham yonib ketdi. Keyin olov jasadga ham o‘tib, kun davomida tutab yondi. Boyoqish o‘limi oldidan qo‘lini og‘ziga tiqqancha qotib qolgandi. Qop qora jasad bir hafta shu yerda yotdi, hamma safdoshlarimni uning ustidan o‘tib qaytib yurishdi. Ikkinchisini ham taxminan shu taxlit qulatgandim.
«Qoyil, Vasiliy Vasil'evich,— deyishardi askarlar, - bizdan qolishmayapsan!”
...Yaramas isyonchilar yaqin oradagi masjidga biqinib olishgandi. Biz masjidni egallash bo‘yicha ko‘rsatma oldik va tezda o‘t qo‘ydik. Qochib chiqqanlarni tiraqaylab o‘qqa tutdik. Qolganlar o‘sha yerda qurumga aylandi-yov! Kechga yaqin kuchli gumbirlash eshitildi. Masjid binosi qulab tushgandi. Biz qilgan ishimizdan lazzatlanish uchun masjid xarobasi usti chiqdik. Havo shunaqa toza, osmonda yulduzlar jimirlaydi. ...Bir kun avval varvarlar “urho-ur” deb rosa qiyomat qo‘porgandi. Bugun ularning o‘liklari cho‘zilib yotibdi.
Afsus... Biz bu jangda juda ko‘p azamatlarimizdan ayrildik. Men o‘zim ikki arava o‘lik yig‘dim. O‘zimiznikilar. Ko‘pchiligi endigina jon berayotgandi. Ayrimlari bilan yaqindagina tanishib do‘stlashgan, qadah to‘qishtirgandik. Essiz... Ular bilan hayotimning eng baxtli onlari birga o‘tdi, desam ham bo‘ladi. Birgalikda jang qilgandik, bir maqsad yo‘lida kurashgandik, qo‘rg‘onimizni himoya qilgandik.
Ochig‘i men biror marta biror mukofot haqida o‘ylamaganman. Lekin, hamma shu mukofot haqida gaplashardi: kimga qanaqa orden berisharkin? Kimning xizmati qanday baholanarkin? Baraka topkurlar, insof bormi? Ensam qotib, miltiq ko‘targancha, darvoza oldidagi minora tepasiga ko‘tarildim. Ajabmas bitta yarimta ajali qistagan pandavaqini otib o‘ldirsam.
...Men o‘z hujramga kirib, sakkiz kun mobaynida birinchi marta toza choyshab ustida uxlashga cho‘zildim. Uxlayman deyman, qani ko‘zim ilinsa? Asablarim ancha taranglashgan ko‘rinadi. Endi ko‘zim ilingan ekan, xonamga Nikolay Nikolaevich Nazarov otilib kirdi.
82 viewsAbdunosir Homidov, 08:31
Ochish/sharhlash
2022-08-29 20:50:15
#TEZKOR
Samarqand shahridagi o'rta ta'lim muassasalarida o'qish 19 sentabrdan boshlanadi


Bu haqda Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda shunday deyiladi: "Joriy yil 15-16 sentabr kunlari mamlakatimizda SHanxay hamkorlik tashkiloti Sammiti, shuningdek qator xorijiy mamlakat rahbarlarining rasmiy tashriflari bo'lib o'tadi.

Mazkur jarayonlar va tadbirlar o'tkaziladigan hududlarga yaqin joylarda jamoat tartibini saqlash va xavfsizlikni ta'minlash, shuningdek, aholiga qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Samarqand shahridagi umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quv jarayonlari joriy yilning 19 sentabridan boshlanishini ma'lum qilamiz".

Shuningdek, xabarda Samarqand shahridagi maktab o'quvchilarining qoldirilgan dars soatlari o'quv yili davomida ta'tillar hisobidan to'ldirilishi aytilgan.

https://t.me/muxbirhomidov
132 viewsAbdunosir Homidov, edited  17:50
Ochish/sharhlash
2022-08-28 18:58:21
Yaxshi kunlaringiz, toʻy marosimlaringiz ajoyib oʻtishini istasangiz.
Ma’ruf Zayniddinov akam doim xizmatingizda

Bog‘lanish uchun telefonlar:

+998.90 477-26-94
+998.94 530-09-72
+998 66 222-34-35

https://t.me/muxbirhomidov
168 viewsAbdunosir Homidov, 15:58
Ochish/sharhlash
2022-08-28 07:15:00
#Рост_ҳикматлар

Ишбилармон, мардлик ва шижоат соҳиби, азми қатъий тадбиркор ва ҳушёр бир киши минглаб тадбирсиз лоқайд кишилардан яхшидир.

Амир Темур

Каналига уланиш:

https://t.me/rost_24uz
184 viewsAbdunosir Homidov, 04:15
Ochish/sharhlash
2022-08-26 16:13:59 КУЧИШЛАТАР, ЦЕНЗУРАСЕВАР, ЯРИМ ВА БУТУНЛАЙ ХУФЯ ИШЛАЙДИГАН ТАШКИЛОТЛАР ДИҚҚАТИГА!

Жамиятда негатив кўпайса, икки сабаб бор. Биринчиси, кўплаб тизимлар чиригани, сўзсиз. Иккинчиси – ўша чириган тизим ва халқаларни кўриб кўрмасликка олишимизни сўраётган, талаб қилаётганларнинг хатти-ҳаракатидир.

“ШҲТ ўтсин, сиёсий тадбир, тинч ўтказиб олайлик”, деяпсиз. “Конституция, сиёсий жараён, референдум” деяпсиз. Ва бу тадбирлар ўтгунча жим турайлик, жамиятдаги кирларни кўрсатмайлик, шовқин солмайлик, деяпсиз. Айтинг, шунда мантиқ борми?

Биз ўн марта қайтадан Конституция ёзиб, қайта референдум қилганимизда ҳам сизнинг шу миянгиз ўзгармас экан, бари бир гўр. Конституцияда цензурага йўл қўйилмаслиги ёзилган. Лекин сиз нима қиляпсиз, ёзма, шовқин солма, деяпсиз. Қулоқ солмаганларни тийиб қўйишга шаъма қиляпсиз. 15 сутка қиляпсиз, бало-баттар. Цензура шу. Эскиси хор бўлган, ўзгартиришлар киритилажак Конституциянинг оёқ ости бўлаётгани шу.

Танқид берганни шахсига ёпишяпсиз, ўзини тийишга уриняпсиз. “Қора рўйхатингиз”гаям тупургани бор кўпчиликни! (Аслида бутун халқ қора рўйхатдамиз) Амал беришингизгаям муҳтож бўлмаганлар кўп. Ялтироқ юлдузингизни ҳам маддоҳларингизга беринг, қуруқларингизга беринг. Агар давлатни шу тоифалар билан давлат қиламан десангиз, босинг!

Тилни тийиш – бу чора эмас, ишонинг. Ундан кўра анави расвони, расво қилганни обориб қаманг. Ишига нопрофессионал ёндашган, қорни катта, очкўз амалдорни обориб тиқинг. Тузумлар ўзгарсада ўзгармаётган, тоза ҳавони тўсиб, занглаб бораётган қояларни суринг. Шунда ўзгарамиз.

Ишонинг, биз одамга ўхшаб яшай бошласак, соғлом давлат бўлсак, ШҲТни бунча қалтираб кутмаймиз. Дунёнинг қош-қовоғига ҳам қарашимизга ҳожат қолмайди. “Ё аслинг каби кўрин, ё кўринганинг каби бўл”. Аслимиз, кимлигимизни яширмоқчи бўлаётган давлатмиз.

P/S: Бу тармоққа “осмонимиз мусаффо бўлганда”, Конституциямизга ўзгартиришлар киритилганда қайтмоқчи эдим, ўхшамади. Чидаб бўлмаяпти сизларни талвасангизга.

P/S.S: Телефон қилиб ўчиртиришга ҳаракат қилманг бу постни. Жонга тегдингиз.

Исомиддин Пўлатов
274 viewsAbdunosir Homidov, 13:13
Ochish/sharhlash
2022-08-26 01:47:10 Самарқандда ИИБ қари аёлни зўрлаган “маняк”ни қочириб юборган

Ожиз аҳволдаги кекса аёлни зўрлик ишлатиб, қийнаб номусига теккан шахс дарҳол аниқланиб, ИИБга олиб келинади. Аммо оғир жиноят содир этганликда гумонланиши керак бўлган кимса нимагадир қўйиб (қочириб) юборилади. Зўравонликка учраган аёл кўп ўтмай вафот этади.
Марҳуманинг қизи ИИБ айбланувчини олти ойдан ортиқ вақт ўтса-да, тополмаётганидан норози бўлиб, Kun.uz’га мурожаат қилди.
Маълум бўлишича, марҳума тумандаги кўп қаватли уйларда қизи ва набиралари билан истиқомат қилиб келган. У уч марта инсультни бошидан ўтказган. Бироқ ўзи мустақил ҳаракат қилган, қўни-қўшнилар билан мулоқотга кириша олган.
“2022 йилнинг 9 март куни 19:00 лар атрофида уйга келдим. Эшик қулф экан. Тақиллатдим, ичкаридан нотаниш эркак чиқди. “Мени ҳам, ўзингни ҳам шарманда қилма” деб қочиб кетди. Ортидан югуриб пастга тушдим, қўшни болаларга уйга ўғри тушди, деб бақирдим. Бироздан сўнг уйда онамнинг борлиги ёдимга тушиб, ичкарига ошиқдим. Қарасам, онам бир аҳволда ётибди. Юз ва бош қисмлари жароҳатланган, чап томонларида зарб оқибатида турли хил кўкаришлар бор эди.
Шундан сўнг ҳудуд профилактика инспекторига хабар бердим. Тез ёрдамга телефон қилдим. Тез ёрдам онамни шифохонага олиб кетди. Уйга келсам, эркакка тегишли куртка турган экан. Чўнтагидан телефон чиқди. Уйдан қочиб чиққан одамга тегишли бўлса керак деб, ИИБ ходимларига топширдим. Телефон ёрдамида эркакни топишибди. Эртаси куни менга ўша одамни кўрсатишди, танидим.
Онам билан бошқа суҳбатлаша олмадик, тилдан қолди. Шифохонада комага тушгунича имо-ишора билан ўша одам ўзини ургани, номусига тегмоқчи бўлганини тушунтирди. Уч кундан сўнг экспертиза қилинди. 21 март куни онам шифохонада жон берди”, - деди марҳуманинг қизи Раҳмонова.
Раҳмонованинг қўшимча қилишича, онасига тажовуз қилган одам бир ҳафтадан сўнг қўйиб юборилган. Бироқ мана, олти ойдан ошибдики, жиноятчи топилмаяпти. ИИБ ходимлари Д.К.га нисбатан жиноий иш очилгани, гумондор судгача қўйиб юборилмаслигини маълум қилган.
Ушбу ҳолат бўйича Самарқанд вилояти ИИБ ахборот хизмати Жаҳонгир Сагдуллаев билан телефон орқали боғландик. У биз билан суҳбатда Д.К.га нисбатан 12 март куни жиноят иши қўзғатилганини маълум қилди.
“Шахсга нисбатан сиртдан қамоққа олиш эҳтиёт чораси қўлланилиб, қидирув эълон қилинган. Айни вақтда ушбу шахсни топиш юзасидан тезкор қидирув ҳаракатлари давом этмоқда”, - деди Сагдуллаев.
Сагдуллаев гумондор қандай қилиб қочириб юборилгани ҳақидаги саволни жавобсиз қолдирди.
Дарвоқе, Паст Дарғом тумани прокуратураси Раҳмоновага жавоб хати берар экан, 2022 йилнинг 12 март куни Д.К.га нисбатан Жиноят кодексининг 118-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилганини маълум қилган. 20 апрел куни сиртдан айблов эълон қилиниб, қамоққа олиш тарзида эҳтиёт чораси қўлланилиб, қидирув эълон қилинган. Прокуратура бир неча марта ИИБга айбланувчини топишни сўраб, тезкор топшириқ берганини, бироқ натижа бўлмаётганини билдирган. Шундан сўнг, 11 май куни ЖПКнинг 364-моддаси 1-қисми 2-бандига асосан жиноят иши тўхтатилган. Яъни, айбланувчининг қаерда эканлиги номаълум бўлгани сабабли иш тўхтатилган.
Экспертиза марҳуманинг чап елкасида шилинмалар, бошининг пешона, чап яноқ, чап қулоқ ости ва орти, бўйин чап томони, чап елка камарида қонталашлар мавжуд бўлса-да, бу ўлимга олиб борувчи сабаб эмас, деб кўрсатган.
Марҳуманинг қизи айнан мана шу ҳолатдан норози. Нега эҳтиёт чораси қўлланмагани, айбланувчининг қочиб кетиши аниқ бўла туриб қўйиб юборилганига тушунмаяпти. Шунингдек, нега тан жароҳатлари бўйича эртароқ экспертиза тайинланмагани ҳам ходимларнинг масъулияти масаласи жиддий ўрганилиши кераклигига ишора қилади .
Раҳмонова ИИБнинг нопрофессионал ҳаракатидан норози бўлиб бир нечта ташкилотларга мурожаат қилган. Аммо наф йўқ. Мана олти ойдирки, ички ишлар ходимлари шундоққина қўлларида бўлган одамни қочириб юбориб, энди уни излаш билан овора!
Исомиддин Пулатов
Kun.uz мухбири
210 viewsAbdunosir Homidov, 22:47
Ochish/sharhlash
2022-08-26 01:46:55
168 viewsAbdunosir Homidov, 22:46
Ochish/sharhlash