Get Mystery Box with random crypto!

Bir nechta tilni baravar o'qish mumkinmi? Ha, mumkin. Lekin h | Muhammadsodiq(shaxsiy)

Bir nechta tilni baravar o'qish mumkinmi?

Ha, mumkin. Lekin har bir til uchun ma'lum bir vaqt ketishini inobatga olishingiz kerak. Ya'ni, deylik bir yilda siz ingliz tilini yaxshi darajaga olib chiqsangiz bo'ladi. Va shu tarzda bir yildi arab tilini yaxshilashingiz mumkin. Ammo, ham ingliz ham arab tilini yaxshi darajaga olib chiqmoqchi bo'lsangiz, faqat bir yil kamlik qilishi mumkin.

Masalan, ingliz tilini ko'pchilik bilamiz. Uni maktabdan boshlab o'rganib kelamiz. Biron bir kursda yoki mustaqil davom etib turgan bo'lishimiz mumkin. Shunda, arab tilini boshlasam bo'ladimi yoki oldin ingliz tilini tugatib olaymi deb o'ylab qolasiz.

Savolga javob topish uchun, bir nechta masalani aniq qilib olishimiz kerak:
1. Siz ingliz tilini nima uchun o'rganmoqchisiz? Qaysi darajaga chiqmoqchisiz?
2. Arab tilini nimaga o'rganmoqchisiz? Qaysi darajaga chiqarmoqchisiz?
3. Qaysi tilga qanchadan vaqt ajratalasiz? Qaysi birini tezroq o'rganishingiz kerak?
Bu savollarni javobini topganizdan so'ng, o'zingizni maqsad va sharoitizdan kelib chiqib o'qishni rejalashtirasiz.

Ya'na bir misol, deylik mani hozirgi ingliz tili darajam B1. Uni 5-6 oyda C1 darajaga chiqarmoqchiman. Arab tilini bilmayman, va uni o'qish-yozishni bilib olmoqchiman. Bundan kelib chiqib, ingliz tilini ko'proq o'qishim kerak bo'ladi. Sababi, qancha yuqori daraja bo'lsa, uni o'rganish murakkablashadi. Arab tili harflarini o'rganish bunga nisbatan ancha oson va kam vaqt oladi. Bu degani, uni haftada ma'lum bir vaqt ajratib, sekin o'rganib olsam bo'ladi. Va aksincha, hozir arab tili o'qish manga muhimroq bo'lsa, unga ko'proq vaqt ajratishim kerak bo'ladi.

ENG MUHIMI ESA, qaysi tilga qancha vaqt ajratalishizi hisoblab, keyin shunga mos kurslarga qo'shiling. Ya'ni, ingliz tiliga vaqtiz ozroq bo'lsa, "TEZ VAQT ICHIDA INGLIZ TILI" degan kursga qo'shilmang. Sekin, meyori bilan o'qisa bo'ladiganini tanlang.

Xulosa qilib, bir nechta tilni baravariga olib ketsa bo'ladi, muhimi qaysi tilni nima uchun, qancha vaqt mobaynida o'qib turganizi aniqlash, va shundan kelib chiqib vaqtni taqsimlash.