Get Mystery Box with random crypto!

Muhammadsodiq(shaxsiy)

Telegram kanalining logotibi mukhammad_sodikh — Muhammadsodiq(shaxsiy) M
Telegram kanalining logotibi mukhammad_sodikh — Muhammadsodiq(shaxsiy)
Kanal manzili: @mukhammad_sodikh
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

#𝐁𝐢𝐬𝐦𝐢𝐥𝐥𝐚𝐡 .🍃
𝐒𝐚𝐛𝐫𝐥𝐢 𝐛𝐨̀𝐥..🌷
𝐒𝐞𝐧 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐲𝐨𝐳𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐭𝐚𝐪𝐝𝐢𝐫 ,𝐞𝐧𝐠 𝐦𝐮𝐤𝐚𝐦𝐦𝐚𝐥 𝐲𝐨𝐳𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐭𝐨𝐦𝐨𝐧𝐢𝐝𝐚𝐧 𝐲𝐨𝐳𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧!✨🍃

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2023-03-13 13:05:09
Энг яхши инвестиция - бу фарзанд таълимига берилганидир.

Каналга уланиш :
@paxtakortuman
https://t.me/joinchat/Tqy3XfXiPiQHyNOH
11 views10:05
Ochish/sharhlash
2023-03-02 20:39:05 Men tushgan o'yinda Uzbela hozirga g'alaba qozongan
25 views17:39
Ochish/sharhlash
2023-03-02 20:37:07 #1 Bunyodkor_stadion
24 views17:37
Ochish/sharhlash
2023-03-02 20:37:00
24 views17:37
Ochish/sharhlash
2023-02-22 19:04:17
Ramazon
34 views16:04
Ochish/sharhlash
2023-02-14 20:48:25
Bitta lavashning puliga bitta kitob beradi. Ammo biz qaysi birini tanlayapmiz?

Yaqinlaringizga ham yuboring.

@NamDU_iqtidor
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi
43 views17:48
Ochish/sharhlash
2023-02-04 22:14:23 - Har bir student o’qishi kerak bo’lgan post…


“Telegramga juda o’rganib qolgan ekanman, butun vaqtimni do’stlar bilan chat yozishib o’tkazyapman. Dars qilish yo’q. Abituriyentlik davridagi o’qishga harakat qayga ketgan hayronman. Uyga qo’ng’iroq qilish hayolimga ham kelmaydi. Shu payt birdan onamdan xabar keldi: “abonent sizdan qo’ng’iroq qilishingizni iltimos qilyapti’’ deb. Onam bilan erinibgina bog’landim. Salomlashdik. Onam gap boshladilar:

-Bolam, shahar mazza bo’lsa kerak aa?
-Ha oyi nega so’rayapsiz?
-Bizda hozir chiroq o’chgan, gaz ham pastlab ketgan.
-Pechka yoqyapsizlarmi?
-Ha , bolam onda-sonda. Kontraktingni to’lagandan keyin pulga sal zoriqib qoldik. Dadang qo’shninikida ishlayaptilar hozir.
-Kechqurunda-ya?
-Ha bolam, o’tin sotib olish kerak axir qishlik uchun. Tezak yoqyapmiz hozir. Shunaqa gaplar bolam. Ukang maktabga chiqmayapti. Etigining tagidan suv o’tyapti, lekin yaqinda chiqadi. Dadang shunga va’da berdilar. Ovqatlandingmi?
-Yo’q, hali (ko’z jiqqa yosh)
-Unda ovqatlanib ol. Keyin gaplashamiz bolam. E ha, aytgancha yaqinda yuborgan pulimiz yetyaptimi? Puling bormi, bolaginam?
-Ha bor oyijon...
-Mayli bolam unda.
-Xo’p oyijon…

Shu kunlarda nimalarga vaqt sarflayapmiz, yaqinlarimiz bizga butun borini berayotgan bir shariotda?)” - deb yozadi, oyisi bilan suhbatni tugatgan bir talaba…

@anvarovsblog
48 views19:14
Ochish/sharhlash
2023-01-30 05:52:48 Yasin surasi...
Tongimizni hayrli qilib bergan Robbimga hamdlar
Alhamdulillah

@zakiyyamm
45 views02:52
Ochish/sharhlash
2023-01-22 12:35:15 #kun_hikmati

Hayotining avvalgi yarmida, keyingi yarmini orzu qilib va ikkinchi yarmida esa, birinchi yarmini boy berganiga pushaymon bo‘lib yashagan odamdek umr kechirmang!

Karim Shoziliy
56 views09:35
Ochish/sharhlash
2023-01-17 16:07:21 Bir nechta tilni baravar o'qish mumkinmi?

Ha, mumkin. Lekin har bir til uchun ma'lum bir vaqt ketishini inobatga olishingiz kerak. Ya'ni, deylik bir yilda siz ingliz tilini yaxshi darajaga olib chiqsangiz bo'ladi. Va shu tarzda bir yildi arab tilini yaxshilashingiz mumkin. Ammo, ham ingliz ham arab tilini yaxshi darajaga olib chiqmoqchi bo'lsangiz, faqat bir yil kamlik qilishi mumkin.

Masalan, ingliz tilini ko'pchilik bilamiz. Uni maktabdan boshlab o'rganib kelamiz. Biron bir kursda yoki mustaqil davom etib turgan bo'lishimiz mumkin. Shunda, arab tilini boshlasam bo'ladimi yoki oldin ingliz tilini tugatib olaymi deb o'ylab qolasiz.

Savolga javob topish uchun, bir nechta masalani aniq qilib olishimiz kerak:
1. Siz ingliz tilini nima uchun o'rganmoqchisiz? Qaysi darajaga chiqmoqchisiz?
2. Arab tilini nimaga o'rganmoqchisiz? Qaysi darajaga chiqarmoqchisiz?
3. Qaysi tilga qanchadan vaqt ajratalasiz? Qaysi birini tezroq o'rganishingiz kerak?
Bu savollarni javobini topganizdan so'ng, o'zingizni maqsad va sharoitizdan kelib chiqib o'qishni rejalashtirasiz.

Ya'na bir misol, deylik mani hozirgi ingliz tili darajam B1. Uni 5-6 oyda C1 darajaga chiqarmoqchiman. Arab tilini bilmayman, va uni o'qish-yozishni bilib olmoqchiman. Bundan kelib chiqib, ingliz tilini ko'proq o'qishim kerak bo'ladi. Sababi, qancha yuqori daraja bo'lsa, uni o'rganish murakkablashadi. Arab tili harflarini o'rganish bunga nisbatan ancha oson va kam vaqt oladi. Bu degani, uni haftada ma'lum bir vaqt ajratib, sekin o'rganib olsam bo'ladi. Va aksincha, hozir arab tili o'qish manga muhimroq bo'lsa, unga ko'proq vaqt ajratishim kerak bo'ladi.

ENG MUHIMI ESA, qaysi tilga qancha vaqt ajratalishizi hisoblab, keyin shunga mos kurslarga qo'shiling. Ya'ni, ingliz tiliga vaqtiz ozroq bo'lsa, "TEZ VAQT ICHIDA INGLIZ TILI" degan kursga qo'shilmang. Sekin, meyori bilan o'qisa bo'ladiganini tanlang.

Xulosa qilib, bir nechta tilni baravariga olib ketsa bo'ladi, muhimi qaysi tilni nima uchun, qancha vaqt mobaynida o'qib turganizi aniqlash, va shundan kelib chiqib vaqtni taqsimlash.
72 views13:07
Ochish/sharhlash