Get Mystery Box with random crypto!

Toxic positivity vs Optimism Toxic positivity - senda vaziya | Muhammadqodiriy

Toxic positivity vs Optimism

Toxic positivity - senda vaziyat qanchalik rasvo boʻlmasin boshqalarda undan ham yomonroq boʻlishi mumkinligini oʻylagan holda, hayotga doimo pozitiv fikr bilan qarashdir.

Bilish kerakki, bu negativ hissiyotlarni inkor etish emas, shunchaki ahvolni yaxshi emasligini tan ola-olish.

Toxic positivity haqida bildik, optimism chi?

Ko’pchilik buni farqiga bormaydi. Buni misollar bilan ko’sataman.

Toxic positivity

Boshqalarning ahvoli bundan ham yomon, xafa boʻlishni bas qil.

Yigʻlama, yigʻlash hech nimani oʻzgartirmaydi.

Doimo kulib yur, hatto kayfiyating yoʻq boʻlsa-da kulib yursang buning ong ostingga taʼsiri orqali kayfiyating koʻtariladi.

Shunchaki pozitiv boʻl.


Optimism

Hayotimizda turli xil qiyinchiliklarga uchraymiz, ularni yengib oʻtishinga ishonaman.

Yigʻlaging kelganida oʻzingga yigʻlashga ruxsat ber. Sen insonsan va bazida yomon bazida esa yaxshi hissiyotlarni boshdan kechirishing tabiiy hol.

Doimo kulib yurishga majbur emassan, bu bilan energiyangni yoʻqotasan, bazida yigʻlab yengil tortishga oʻzingga ruxsat ber.

Hislar oʻta murakkab tushuncha, oʻzingni yomon his qilayotgan boʻlsang yaxshiman deb oʻzingni aldashni bas qil va ahvoling nega bundayligini sababini oʻrganib yechim topishga harakat qil. Baʼzi jarohatlarning tuzalishi qiyin boʻladi, oʻzingga vaqt ber. Sen bunga haqlisan.

Endi senga savol

Allohga shukurga men unday emasman.

*bo’shliqni to’ldir

Ha unday emasman, endi o’sha holatdagi insonni tasavvur qilda . Tepadagi bo’shliqni qayta to’ldir. Natija qanday?

Telegram Instagram