Get Mystery Box with random crypto!

Men moliya institutiga o'qishga kirib 2 ta narsa o'rgandim H | Muhammadqodiriy

Men moliya institutiga o'qishga kirib 2 ta narsa o'rgandim

Hali institutni bitirganim yo'q, lekin mana shu 2 yil ichida ba'zi narsalarni o'rganoldim.

1. Siz doimo boshqalardan oldinda bo'lishingiz uchun tengdoshlaringizdan bir qadam emas, bir necha qadam oldinda bo'lishga harakat qilishingiz kerak. Chunki hozirgi zamonda 1 qadam yetarli bo’lmayapdi.

2. O'zingizga tegishli bo'lmagan narsaga urunmang ham faqat vaqt yo'qotganingiz qoladi. To'g'ri tajriba olishingiz mumkin, lekin haqiqiy maqsadingizni tushunolmay qolasiz. O’zingizga nima kerakligini bilmay chalkashib ketasiz. Institutga qarasam, kimdir matematikada zo'r, kimdir kompyuterda va yana kimdir tilda.

Boshida barchasini qilishga urinib ko'rdim ammo shuni bildimki binoning eng yuqorisiga liftda chiqqandan ko'ra zinada chiqqan afzalroq ekan. Chunki tajriba ana o'sha yerda bo'ladi. Bularning barchasiga birdaniga erishib bo'lmaydi. Birin-ketin erishish kerak.

Oz-oz lekin yengil

Fikr yuritmay turib, qancha ko'p o'qisangiz shuncha ko'p bilayotganga o'xshayverasiz, agar o'qiyotganda qanchalik ko'p fikr yuritsangiz, shu qadar kam narsa bilishingizni his etasiz.

P.S. Institut rostan ham bizga bilim bermaydi u motivatsiya joyi, kimdir motivatsiya oladi va yana kimdur motivatsiyasini o'ldiradi.

Sen qaysi toyifaga kirasan?

*reaksiya bildirish tekin
@muhammadqodirr