Get Mystery Box with random crypto!

​«Real» futbolchisi Rodrigo Goes Chempionlar ligasi finali doi | Muhammadali

​«Real» futbolchisi Rodrigo Goes Chempionlar ligasi finali doirasidagi «Liverpul»ga (1:0) qarshi bahs davomida jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan urishib qolgani haqida gapirdi.

«Final men uchun juda qiyin o‘tdi. Chunki yarimfinaldagi gollarim sababli jamoa finalga chiqqani uchun, maydonga tushish ishtiyoqida yonayotgandim. Finalda ham ko‘proq o‘ynasam, gol urishimga ishonardim.

Final davomida hatto Anchelotti bilan urishib qoldim. «Men o‘ynashim kerak, o‘ynashim shart», dedim unga. U esa «Og‘irroq bo‘l, maydonga tushiraman», dedi.

Ikkinchi bo‘limda ham maydonga tushiravermagach, achchiqlana boshladim: «Professor, men bugun o‘ynamaymanmi? «Jim tur, biz yutyapmiz, yopiqroq o‘ynashimiz kerak», dedi u.

Bilmadim, nechanchi daqiqa edi, ammo toqatim toq bo‘ldi: «Jin ursin, qariya, jamoa men sababli finalga chiqdi, men o‘ynashim shart», dedim. Karlo esa: «O‘zingni bos, sen o‘ynaysan», dedi.

O‘yin oxirida esa u meni nihoyat maydonga tushirdi. Sovrinni yutganimizdan boshim osmonda edi. Yarimfinalda esa tarix yaratganimdan baxtiyor edim», - deydi braziliyalik hujumkor yarimhimoyachi Bola da Vez bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, finalda Rodrigo 90+3-daqiqada zaxiradan maydonga tushirilgan edi.

tribuna.uz

Muhammadali