Get Mystery Box with random crypto!

Sadio 'Liverpul'da haftasiga 100 ming funt maosh olgan ekan. Y | Muhammadali

Sadio "Liverpul"da haftasiga 100 ming funt maosh olgan ekan. Yakunlangan mavsum "Betis" safida ijarada o'ynagan "Arsenal" futbolchisi Bellerin hatto undan ko'proq olarkan - 110 ming.

Mana nega Mane ketdi. To'g'ri, "Liverpul" boshqa grandlar singari ko'p maosh berolmas, lekin o'zining asosiy yulduzi, Klopp davrida qo'lga kiritilgan barcha sovrinlarning katta hissadorini moliyaviy tomondan ham qadrlashi kerak edi.

Bu raqamlarni ko'rib, Mane to'g'ri qarorga kelganiga amin bo'ldim. Men ham avvaliga huddi siz kabi, "Liverpul"dek jamoadan ham ketadimi(?!), deb taajublangandim. Chunki klub nafaqat hozirda grandlar qatorida, balki Klopp boshchiligida bir oilaga ham aylangan. Oilani tark etish esa oson emas. Ammo seni yetarlicha qadrlashmasa, ketishdan boshqa variant qolmasligi mumkin.

Ishonaman, u "Liverpul"ni juda yaxshi ko'radi. Xohlaganidan emas, majburlikdan ketdi.

Muhammadali