Get Mystery Box with random crypto!

Yozni xorijda mazmunli o'tkazishni istaganlarni Istanbuldagi ' | Mubaşşir Ahmad

Yozni xorijda mazmunli o'tkazishni istaganlarni Istanbuldagi "Mezana xalqaro ilmlar akademiyasi"ning yozgi kurslariga taklif qilamiz!

Ko'plab talablarga binoan farzandlarimiz uchun har bir musulmon bilishi zarur bo'lgan islom ilmlarini o'rgatish maqsadida "Dinimizni o'rganamiz" yozgi kurslari tashkil qilindi! Ushbu kursda farzandlarimizga islom dinidan dastlabki tushuncha va saboqlar berilishi maqsad qilingan.

Mazkur "Dinimizni o'rganamiz" kursi 12 yoshdan katta bo’lgan qiz bolalarga mo’ljallangan.

1. Qur'oni karim va tajvid (Harflarni to'g'ri talaffuz qilish va yodlash)
2. Siyrat; (Payg'ambarimizning o'rnak hayotlari. "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" kitobi asosida)
3. Aqida; (Boshlang'ich va zaruriy e'tiqod saboqlari)
4. Fiqh; (Ibodatga oid boshlang'ich va zaruriy ilmlar)
5. Odob-axloq (Islom odoblari).

Darslar ishonchli manbalar asosida, amaliy va nazariy tarzda o’rgatiladi.

Bundan tashqari, tinglovchilarimiz uchun turli tarixiy yerlar va tabiat qo'yniga sayohatlar uyushtiriladi.

Mashg'ulotlar 10-iyundan boshlanadi.

Kurslar pulli.

Kerakli hujjatlar: Tug’ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport, ota-onalarning rozilik xati, bog'lanish uchun telegram raqam.

Biz bilan bog'lanish uchun:
@mezanamurojaat
+905394818534

https://t.me/mezanauz_academy