Get Mystery Box with random crypto!

Erkaklar xuddi oyna kabi ayolga uning ichida nima sodir bo'lay | Muattar Musayeva

Erkaklar xuddi oyna kabi ayolga uning ichida nima sodir bo'layotganini ko'rsatadi.

Agar ayol oʻziga ishonmasa, erkak ayolni boshqalar bilan solishtiradi.

Agar u ayol yo'qotishdan qo'rqsa, erkak ayolni aldaydi.

Agar ayolda iroda kuchli bo'lsa, uning yonida irodasi zaif erkak namoyon boʻladi.

Biz xohlagan narsani emas, balki qanday energiyani taratayotganimiz bizga namoyon boʻladi.

Misol uchun, biz erkakning qaror qabul qilishini va yordam berishini xohlaymiz, lekin bizning ichki ayolimiz erkakka ishonmaydi - oqibatda esa erkak yordam berishga harakat ham qilmaydi.

Bu kabi ko'plab misollarni keltirishimiz mumkin. Biz ichimizni o'zgartirishimiz, qo'rquv, xafagarchilik va bizga xalaqit beradigan barcha narsalarni olib tashlashimiz kerak - shu zahoti erkaklar bilan munosabatlar darhol o'zgaradi.

Siz erkaklarni erkak sifatida to'liq tan olganingizda, ularni metin, mustahkam ko'rinishi ortida mehr, yumshoqlik his qilasiz


@Muattar_Musayeva