Get Mystery Box with random crypto!

Baxt o'z qo'limizda Sizlarga o'z hikoyamni sòzlab beraman. Tu | Muattar Musayeva

Baxt o'z qo'limizda

Sizlarga o'z hikoyamni sòzlab beraman. Turmushimizning ilk yillarida hali ilmsiz, o'ziga bo'lgan baxosi juda past, ammo atrofdagilarni ko'nglini olish uchun har ishga qo'l uradigan ayol edim. Hayotimiz bir maromda o'tardi, ammo vaqt o'tib men ilmni ongli ravishda olishni bilmaganligim sababli, sinovlar birin ketin kela boshladi. Go'yoki "Muattar bo'ldi endi boshqalar uchun o'zingni fido qilishni bas qil" deyayotgandek.

Turmush o'rtog'imning ishlari hech yurishmas edi. Doimiy puldan muammo bòlardi. Ha ha esimda, xatto kichik farzandlarim tug'ilgan vaqtda qorni to'ymasdi, meni esa qo'shimcha ovqat olib bering deyishga ham jur'atim yetmay bolalarim bilan shifoxonaga tushib qoldik. Erim qayerga ishga borsalar bo'shab kelardilar. Yoki ish yoqmasdi. Atrofdagilar esa erni er qiladgan xotin degan xaq gapni aytishganda xonamga kirib yig'lab - yig'lab chiqardim

Shu vaziyatlar sabab 2016-yildan boshlab psixologiyaga qiziqa boshladim, dastlab konsultatsialar oldim kitoblar òqidim. Ilmsizlik tufayli paydo bo'lgan oilamdagi yaxshimas muhitni o'zgartirishga urinardim, lekin dastlabki yillarda qancha o'qib izlanmay, xuddi teskari natija bo'layotganday bo'lardi. Xali qaynonam bilan muammo, xali erim bilan xali farzandlarim kasal bo'lardi. Men esa o'z ustida ishlash orqali vaziyatni o'zgartirish mumkinligini sezardim.

Psixologlar berayotgan maslaxatlar biroz mavxumdek, ular bergan mativatsiya bilan 1,2 oy yaxshi bo'lib yana orqaga ketish boshlanardi. Shunda qandaydir chuqurroq ishlash kerakligini angladim va har bir muammoni inson ong ostida yashiringan sababi borligini tushundim va shu javobni izlay boshladim. Va chuqur travmalar bilan ishlaydigan Raskopka metodini òrgandim.

Birinchi marta raskopka olganimdayoq yillab ayblab kelgan qaynonam erim aslida yaxshi insonlar meni esa bolaligimda o'zim o'ylab topib olgan fikrlarim "men keraksizman, men xechkimman" degan fikrlarim shu xodisalarga sabab bo'layotganini tushundim. Hozirda haliyam o'sha erim qaynonam bilan yashayman ammo bundan 17 yil oldingi men izlagan baxtni ichimdan topdim va uni angladim!

Men o'zgardim, atrof-muhit o'zgara boshladi. O'zlarini omadsiz deb hisoblagan erim kichik korxonalarini ochdilar. RAXBAR
Men esa xonadonimning erkatoy qirolichasiman. Va men aynan tajribam bilan bo'lishaman. Insonlarda hozirgi kundagi muammolari qayerdan kelib chiqqanini osongina aniqlay olaman. Va ularga ichlaridagi yechimni javobni topishga yordam beraman.

Shu kungacha ko'plab kasalliklar, er-xotin munosabatlardagi buzilishlar, pul yo'lidagi to'siqlar, depressiya, nevroz, apatiya, epilepsia kasalliklari bilan ishlab ajoyib natijalarga erishmoqdamiz va bu bilan fahrlanaman .

Do'stlar, hozir man erishgan natijaga barchangiz erishishingiz mumkin. Mana shuning uchun ham man shu yerdaman. Istasangiz siz bilan birgalikda shu yo'lni bosib o'tamiz. Shu yerda man barchasi qanaqa bo'lishini ko'rsatib boraman

@muattar_musayeva