Get Mystery Box with random crypto!

ONAM Mehribonim farishtam Beg'uborim yagonam Yuragimdagi nola | Ota ona haqida sherlar

ONAM
Mehribonim farishtam
Beg'uborim yagonam
Yuragimdagi nolam
Sizsiz mening yagonam

Jannatim borim onam
Davlatim borim onam

Dilingizda g'am ko'rmay
Dard chekib siz yig'lamang
Ko'zyoshingiz hech ko'rmay
Dardingiz o'zim olay

Jannatim borim onam
Davlatim borim onam

Mehr to'la bag'ringizda
Quyosh misol taftingizda
Nurga to'la ko'zingizda
G'am ko'rmang siz dunyoda

Jannatim borim onam
Davlatim borim onam