Get Mystery Box with random crypto!

Katta bo'lgim kelmaydi ONA Dardlar endi tanamni emas Qalbi | Ota ona haqida sherlar

Katta bo'lgim kelmaydi ONA


Dardlar endi tanamni emas
Qalbimni yer ekan pinhona
Ulg'aymoqlik menga kerakmas
Katta bo'lgim kelmaydi Ona

Armonlarda cho'kib ketaman
Dilim g'amga berib o'taman
Bolaliksiz ayting netaman
Katta bo'lgim kelmaydi Ona

Endi ko'zmas yuraklarda yosh
Bevafolar sinaydi bardosh
Kattalarning ko'pi bag'ritosh
Katta bo'lgim kelmaydi Ona

Dilginamni cho'qir quzg'unlar
So'nar qalbda umid uchqunlar
Qaytib kelsin bolalik kunlar
Katta bo'lgim kelmaydi Ona

Dunyo meni ayamas keyin
Muhabbatim bo'lar bir tiyin
Qo'rqayapman ulg'aygan sayin
Katta bo'lgim kelmaydi Ona

Yaqinlashib kelar kelajak
Qo'rqib borar tobora yurak
Dilimdagi yagona tilak
Katta bo'lgim kelmaydi Ona...