Get Mystery Box with random crypto!

O’qishga kira olmaganlar uchun! “Hey abituriyent do’stim, o’ | Motiv_uz

O’qishga kira olmaganlar uchun!

“Hey abituriyent do’stim, o’qishga kira olmadingmi hech o’kinma! Bilki, bu ishda ham bir xikmat bor. Alloh hech bir hodisani behikmat qilmas. Siqilayapsanmi? Tushkunlikka tushdingmi? O’zinga bir savol ber: xop siqilsam nimadir o’zgarib qoladimi? Javob esa aniq: Yo’q! Hech narsa o’zgarmaydi.

Kel undan ko’ra xulosa qilamiz… Xo’sh nima uchun o’qishga kira olmading?

Imtixonlarga yaxshi tayyorlana olmading deylik. Xoop nima uchun yaxshi tayyorlana olmading? Balki o’qishga kirishni o’zing chin yurakdan xohlamagandirsan? Balki seni asl maqsading bu o’qishga kirish bo’lmagandir? Balki shunchaki biroz dangasalik qilgandirsan? O’zing bilan samimiy bo’l. O’zingni aldashga harakat qilma! Chunki jabrini faqat o’zing ko’rasan… Ota-onang emas!

Shunday ekan, kel birgalikda endi maqsadimizni aniq qilib qo’yib olamiz…
O’zimizga kerakli va qiziqarli bo’lgan ishlarga, sohalarga o’zimizni uramiz!
Shuni unutma, sen kimdirlar tomonidan uqtirilgan kasb egasi emas o’zing qalban xohlagan kasbni tanlashing kerak!
Shuni izla…

Men senga ishonaman… Sen albatta hayotda o’z o’rningni topasan…
@motiv_uz