Get Mystery Box with random crypto!

O'qing.. Bir kuni Payg'ambarimiz Muhammad salollohu alayhi va | Motiv_uz

O'qing..

Bir kuni Payg'ambarimiz Muhammad salollohu alayhi vasallam Ali rodiyallohu anhudan so'radilar:

- Yo Ali, Allohni sevasanmi?
- Albatta ey Allohning Rasuli!
- Uning elchisi payg'ambarini sevasanmi?
- Albatta, Sizni sevaman!
- Ahli ayolingni sevasanmi?
- Sevaman, Yo Rasululloh!
- Bolalaringni sevasanmi?
- Bolalarimni ham sevaman!

Shunda Payg'ambarimiz salollohu alayhi vasallam yana savol berdilar:

" Yo Ali, qanday qilib bir qalbga 4 ta sevgini sig'dira olasan?"

Bu savolga Ali rodiyallohu anhu o'ylanib qoldilar va javob uchun muhlat so'radilar. Uylariga borib ham o'ylanib o'tirdilar. Buni ko'rgan Fotima onamiz:
" Agar dunyo yo'lida homush bo'lsangiz, bu ishingiz yaxshi emas" deb hol so'radilar, Ali rodiyallohu anhu bo'lgan voqeani aytib berdilar va Fotima onamizdan maslahat so'radilar. Fotima rodiyallohu anho shunday dedilar:
" Har bir narsaning o'ngu so'li, orqa oldi bo'lganidek, qalbning ham bo'laklari bo'ladi. Otamga quyidagicha javob bering:
Allohni aqlim va idrokim bilan sevaman!
Payg'ambar salollohu alayhi vasallamni ruhim bilan sevaman!
Ahli ayolimni nasfim bilan sevaman!
Bolalarimni shavqatim bilan sevaman!"

Ertasi kuni Ali rodiyallohu anhu Payg'ambarizning huzurlariga bordilar. Payg'ambarimiz javobni so'radilar, Ali rodiyallohu anhu yuqoridagi javobni aytdilar.
Shunda Rasululloh salollohu alayhi vasallam:

- Yo Ali, javobingdan nubuvvat gulining hidi kelyapti, buni senga qizim Fotima aytgan...

@motiv_uz