Get Mystery Box with random crypto!

Boshqaruv servis kompaniyalari xodimlari tomonidan ko‘p qavatl | Mirobod tumani hokimligi Matbuot xizmati

Boshqaruv servis kompaniyalari xodimlari tomonidan ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari tunda yoqqan qalin qordan tozalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan ko‘p qavatli uylarga kiraverishda qum solingan qoplar joylab chiqilgan.

Istagan yashovchi agar pod’ezd oldi qordan muzlagan va boshqaruv servis kompaniyasi chora ko‘rishga ulgurmagan taqdirda, ushbu qumdan yo‘lakchaga sepishi mumkin.

Agar tunda yoqqan qalin qor tufayli yashaydigan xonadoningiz atrofidagi maydonda daraxtlar singan holatga guvoh bo‘lsangiz, darhol o‘zingiz yashaydigan uyga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasiga qo‘ng‘iroq qiling.

Elektr toki kabellari uzilgan bo‘lsa, tuman hududiy elektr tarmoqlariga quyidagi raqamlar orqali qo‘ng‘iroq qilib xabar bering: 71-291-15-92;

(tuman NUR) 71-232-20-20, 71-230-20-20.

| Facebook | Telegram | Youtube | Web-site|