Get Mystery Box with random crypto!

O‘n sakkiz ming inson uyg‘onmas ekan! Uyg‘ondingmi do‘stim?! | Milliy sertifikat | DTM

O‘n sakkiz ming inson uyg‘onmas ekan!

Uyg‘ondingmi do‘stim?!
Ooo, tabriklarim!
Ming shukur salomat ekan jonu-tan…
Bugun bir qiziqdim,
Har tong ertalab,
O‘n sakkiz ming inson uyg‘onmas ekan!

Yomon tush ko‘rdingmi,
Bu emas qayg‘u!
Nimalar kirmaydi tushga…, – deganlar,
Tasavvur qilgina,
Millionlab bemor,
Tunlari bir chimdim uxlamaskanlar!

Dasturxon yozildi xonadoningda,
Qosh uyma, salgina suvi qochgan non,
Qaydadir o‘qidim,
Bir burda nonga,
Zor ekan bir million sakkiz yuz inson.

Bolalar shovqini yoqmas quloqqa,
Shukur qil,
Ulg‘ayib qoldilar ancha,
Eh do‘stim, nolima, yorug‘ olamda,
Tirnoqqa zor bo‘lib yurganlar qancha…

Ming shukur,
Yurting tinch,
Ro‘zg‘oring butun,
Tomoqdan suv o‘tar, ko‘zlaring ravshan…
Bilmasang bilib qo‘y,
Minglab musofir,
Sen tepgan tuproqni topmay…
Yig‘larkan!

MALIKA SALIMOVA

https://t.me/MilliySertifikat