Kanal manzili:
Toifalar:
Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar:
8.89K
Kanalning ta’rifi
Ta'lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi kanali (PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS)
Fikrlaringizni shu yerga yuboring:
@milliymarkaz_aloqabot
www.markaz.tdi.uz
www.youtube.com Milliy markaz
E-mail: markaz@tdi.uz
Ratings & Reviews
Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.
5 stars
2
4 stars
0
3 stars
0
2 stars
0
1 stars
0
Oxirgi xabar 4
2023-04-03 16:00:17
4
-sinf o‘quvchilari uchun tabiiy fanlardan TIMSS test topshiriqlari namunalari
O‘zbekiston maktablari ilk marotaba ishtirok etadigan 4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida test namunalarni e’lon qilishda davom etamiz.
Ushbu test topshiriqlari Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi Axborotnomasining 4-sonida e’lon qilingan.
Mazkur axborotnoma Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi
(IEA) tomonidan o‘tkaziladigan
TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.
4-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari
8-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari
Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
565 views13:00
2023-03-31 14:24:16

6.3K views11:24
2023-03-30 15:56:55
4-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan TIMSS test topshiriqlari namunalari
O‘zbekiston maktablari ilk marotaba TIMSS tadqiqotlarida ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.
4- va 8-sinf oʻquvchilarining matematika va tabiiy fanlardan savodxonligini baholovchi TIMSS xalqaro baholash dasturi bo‘yicha o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida turli ma'lumotlar e’lon qilib boriladi.
Ushbu test topshiriqlari Ta’lim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi Axborotnomasining 4-sonida e’lon qilingan.
Mazkur axborotnoma Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi
(IEA) tomonidan o‘tkaziladigan
TIMSS xalqaro tadqiqoti doirasida foydalanilgan materiallar asosida tuzilgan.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
6.2K views12:56
2023-03-30 09:26:46
PISA natijalari tahlili va hisobotlarini shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribalar oʻrganilmoqda
Maʼlumki,
Oʻzbekiston 2022-yilda ilk marotaba PISA xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etdi. Navbatdagi vazifa ushbu xalqaro tadqiqot natijalarini tahlil qilish, hisobotlarini shakllantirish va xalqaro tashkilot tomonidan belgilangan qatʼiy talablarni yuqori sifatda bajarish hisoblanadi.
Bugungi kunda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazi bu yoʻnalishdagi ilgʻor davlatlar tajribasini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Joriy yilning
28-mart kuni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) PISA Yetakchi tahlilchi dasturining (Lead Analyst Programme) navbatdagi vebinari boʻlib oʻtdi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tahlil guruh rahbari Myako Ikeda boshchiligidagi ekspertlar tomonidan videokonferensiya formatida oʻtkazilgan tadbirda
Ruminiya, Moʻgʻuliston kabi davlatlar qatorida Oʻzbekiston vakillari sifatida Milliy markaz xodimlari ham ishtirok etdi.
Vebinar davomida ishtirokchilarga PISA baholash asoslari, maʼlumotlarni yigʻish tartiblari va ularni mazmunli tahlil qilish uchun zarur boʻlgan tahliliy texnikalar haqida chuqur tushuncha berildi.
Maʼlumot uchun, PISA Yetakchi tahlilchi dasturi taʼlim sohasidagi tadqiqotchilarga PISA maʼlumotlarini tahlil qilish va sharhlash uchun zarur boʻlgan analitik va texnik koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradigan kasbiy rivojlanish dasturidir.
Vebinar davomida mutaxassislarimiz xalqaro tahlilchilardan mavzu boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi.
Batafsil: http://bit.ly/3Zje2hS
Подробно: http://bit.ly/3zmalxb
Detail: https://bit.ly/3G0F0nx
Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
1.5K views06:26
2023-03-29 21:12:09
PISA natijalari tahlili va hisobotlarini shakllantirish boʻyicha ilgʻor tajribalar oʻrganilmoqda
Batafsil: http://bit.ly/3Zje2hS
— — — — — — — — —
Изучаются передовые опыты по формированию анализа результатов и отчетов PISA
Подробно: http://bit.ly/3zmalxb
— — — —- —- —- —- —-
Advanced experiences on forming analysis of PISA results and reports are being studied
Detail: https://bit.ly/3G0F0nx
Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
2.0K views18:12
2023-03-23 22:52:49
Oʼzbekistonlik oʼquvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash boʼyicha xalqaro tadqiqotlardagi ishtiroki koʼrib chiqildi
Italiyaning Rim shahrida oʼtkazilayotgan PISA boshqaruv Kengashining 55-kongressida ishtirok etayotgan Oʼzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʼrinbosari Usmon Sharifxodjaev qator xorijiy taʼlim tashkilotlari yetakchilari va ekspertlari bilan muloqot olib bormoqda.
Аsosiy uchrashuvlardan biri bugun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bosh kotibining Taʼlim siyosati boʼyicha maxsus maslahatchisi, PISA dasturining tashabbuskori va rahbari Аndreas Shlyaxer ishtirokida boʼlib oʼtdi.
Usmon Sharifxodjaev PISA dasturi rahbari bilan oʼtkazilgan suhbatda taʼlim sohasidagi oʼzaro hamkorlik ishlari hamda yurtimiz oʼquvchilarining kelgusi yillarda mazkur xalqaro tadqiqotlarda ishtiroki etishi, natijalarni muhokama qilish va bunda uzluksizlikni taʼminlash masalalari boʼyicha fikr almashdi.
Uchrashuvda Oʼzbekistonning mazkur xalqaro dasturning 2025-yildagi tadqiqotida ishtiroki, oʼquvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini baholash, erta yoshdagi bolalarning rivojlanishini baholash boʼyicha "Baby PISA" tadqiqotida ishtirok etish imkoniyatlarini koʼrib chiqildi.
Muhokamalar natijasiga koʼra, oʼzbekistonlik oʼquvchilarning 2025-yilda PISA tadqiqot dasturlarida ishtirok etishi, nufuzli PISA, TALIS kabi nufuzli dasturlar boshqaruv kengashining xalqaro darajadagi tadbirlarini kelgusida Oʼzbekistonda oʼtkazish boʼyicha muhim fikrlar bildirib oʼtildi.
1.9K views19:52
2023-03-18 22:30:15
#Конституция_ўзимизники
"Ortiqcha qog'ozbozlikning tugatilishi biz ustozlarga ko’p imkoniyatlar yaratdi"Referendum oldi yangi tahrirdagi Konstitutsiyadagi o’zgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etilgan bayram tadbiridan lavha.Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram
| Youtube
| Facebook
| Instagram
730 views19:30
2023-03-18 13:19:05
Umumxalq xayriya hashari koʻtarinki ruhda o‘tkazildi
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Taʼlim sifatini baholashning xalqaro tadqiqotlar milliy markazida ham “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtdi.
Hashar davomida yer maydoni obodonlashtirildi, ariqlar tozalandi, chiqindilar chiqarib tashlandi, daraxt oqlandi va ularga shakl berildi.
Xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri boʻlmish hashar kishilarni jipslashtiruvchi, yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi ezgu amallardan biri ekanligi yana bir bor yaqqol namoyon boʻlmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram
1.7K views10:19