Get Mystery Box with random crypto!

2022-yilning 6-7-dekabr kunlari Ta’lim sifatini baholash bo‘yi | Milliy markaz

2022-yilning 6-7-dekabr kunlari Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Toshkent viloyat xalq ta’limi boshqarmasi bilan hamkorligida onlayn vebinar tashkil etildi.

Mazkur vebinarda o‘quvchilarning o‘qish va tabiiy-ilmiy savodxonligini baholash va rivojlantirishga qaratilgan mavzularda taqdimotlar qilindi. O‘tkazilgan topshiriqlar zamirida XXI asr ko‘nikmalarini rivojlantirish, umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining ehtiyojlari, o‘quvchilarning yosh xususiyati topshiriqlarning o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati e’tiborga olindi.

O‘tkazilgan vebinar o‘qish hamda Tabiiy-ilmiy savodxonlik yo‘shnalishida faoliyat olib borayotgan trener-o‘qituvchilari uchun metodik yordamchi sifatida xizmat qiladi.

Batafsil: https://bit.ly/3Fzj57c

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram