Get Mystery Box with random crypto!

Joriy yilning 6-dekabr kuni Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha | Milliy markaz

Joriy yilning 6-dekabr kuni Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi hamda Estoniya ekspertlari bilan tajriba almashishga qaratilgan onlayn vebinar bo'lib o'tdi.

Vebinarda Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD), Avstraliya ta'lim tadqiqotlari kengashi (ACER), Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi vakillari qatnashdi.

Estoniya PISA tadqiqotida 2006-yildan beri ishtirok etib keladi. Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) tomonidan olib boriladigan Xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturiga (PISA) ko‘ra, Estoniya ta’lim tizimi turli ijtimoiy-iqtisodiy muhitdan chiqqan o‘quvchilar bir xil yuqori natijalarga erishadigan yuqori samarali tizim sifatida ajralib turadi.

Batafsil: https://bit.ly/3ut7yzX

Milliy markazning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Facebook | YouTube |Instagram