Get Mystery Box with random crypto!

Sochniki Kerakli mahsulotlar 100 gr sariyog' (xona haroratid | 🥗 Milliy Taomlar 🍜 | Uyda qoling ✅

Sochniki

Kerakli mahsulotlar

100 gr sariyog' (xona haroratidagi)
5 osh qoshiq smetana
2-3 stakan un
Razrixlitel
1 stakan shakar
2 ta tuhum
200 gr tvorog
Vanilin

Tayyorlanishi

1. Hona haroratidagi 100 gr sariyog'ga , yarim stakan shakar solib mikserda ko'pirtiramiz
2. So'ng 1 tahumni solib yana ko'pirtiramiz
3. 4 osh qoshiq smetana solib , uni ham ko'pirtiramiz
4. 2 stakan un, 1 chimdim tuz, 1 choy qoshiq razrixlitel solib tezda yumshoq hamir qoramiz. Ko'p qorish kk emas!
5. Xamir deyarli qo'lga yopishmaydigan yumshoq bo'lishi kk. Tayyor hamirni o'rab holodilnikka solamiz
6. Endi navbat nachinkaga. Idishga 200 gr tvorog, 1 osh qoshiq smetana, 1.5 osh qoshiq shakar, 1.5 osh qoshiq un, vanilin va 1 ta tuhum oqi qo'shilib ( sarig'i ustiga surtish u.n olib qo'yiladi) blenderda yaxshilab ko'pirtiriladi. Nachinga silliq, bir tekis bo'lishi kk
7. Kim gazda pishiradigan bo'lsa duhovkani yoqib qo'ysin, kimki to'kli duhofkadan foydalansa 5 minut oldin yoqishi kk. Hamirni 0.5 sm qalinlikda yoyib olamiz
8. Xamirni diametri 8sm bo'lgan dumaloq idishda kesib olamiz.
9. Har biriga 1 choy qoshiqdan nachinka solib chiqamiz. 
10. Atroflarini yopish shart emas, shunchaki chetidan bosib qo'yamiz
11. Pishiriqlarni tagiga qog'oz qo'yib, ularni terib chiqib, Tuhumni sarig'ini surtib, 200 gradusli duhofkaga 15-20 minutga qo'yamiz

Yoqimli ishtaha